Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston yanvar oyida 65,7 mln dollarlik avtomobillar import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,3 barobarga ko‘proqdir. 2021-yilning yanvar oyida O‘zbekiston jam 5,8 mln dollarlik avtomobil import qilgan edi.

2020-yilning yanvar oyida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillarning qiymati 25,5 mln dollarni tashkil qilgan. 2019-yil xuddi shu oyida 53,9 mln dollarga teng avtomobillar import qilingan.

O‘tgan oydagi ko‘rsatkichlar mos davr uchun so‘nggi uch yildagi eng yuqorisi bo‘ldi.

Avtomobillar eksporti esa yanvar oyida 8,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50,5 foizga kamroq. 

Shunday qilib, yanvar oyida avtomobillar importi ularning eksportidan 7,5 barobar ko‘proq bo‘ldi.

Avvalroq prezident import avtomobillar uchun bojxona boji miqdorini pasaytirishga doir qarorni imzolagani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Biznes
Olmos gigantining merosxo‘ri, Adidas aksiyadori: Forbes Afrikaning eng boy odamlarini e’lon qildi
Sport
Angliya Kubogining nimchorak finaliga qur’a tashlandi. “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem”ning raqiblari ma’lum
Dunyo
Avstraliyada kichkina radioaktiv kapsula yo‘qolib qoldi. Uni 1300 km uzunlikdagi magistral yo‘ldan qidirishmoqda