Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi bloger fuqaroga 3 sotix yer olib berishni va’da qilib, kelishilgan 7 million so‘m pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

“Daryo” manbasining aniqlashtirishicha, Youtube blogeri, viloyatning G‘uzor tumanida yashovchi Sh.M. shahar va tuman hokimiyatlarida tanishlari ko‘pligi haqidagi yolg‘on gaplari bilan o‘zgalar ishonchini qozonib, mansabdor tanishlari orqali yer maydonlarini olib berishni va’da qilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

“Sh.M. 2022-yil 21-fevral kuni Chiroqchi tumani hokimligidagi tanishi orqali maishiy xizmat ko‘rsatishga ajratilgan manzildan 3 sotix yerni olib berish evaziga Qarshi shahridagi choyxonalardan birida fuqaro E.O.dan 7 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida viloyat IIB va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi”, — deyiladi viloyat IIB axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Qo‘shimcha qilinishicha, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI
Dunyo
Afg‘onistonda yuqori martabali amaldorlar “Tolibon” yetakchisini taxtdan ag‘darmoqchi 
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda