• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kameradan qo‘rqadi, 5 farzandning otasi: Gollivud yulduzi Xyu Grantning qarama-qarshiliklarga to‘la hayotiy hikoyasi

    Xyu Grand butun faoliyati davomida kameradan qo‘rqsa-da, lekin filmlarda suratga tushdi; ota bo‘lishni istamas edi, ammo oxir-oqibat ko‘p farzandli otaga aylandi. Qarama-qarshiliklarga to‘la Xyu Grantning tarjimai holi yaxshigina melodramaga asos bo‘la olishi mumkin.

    Foto: Los Angeles Times

    Aktyorning to‘liq ismi Xyu Jon Mungo Grant bo‘lib, u 1960-yil 9-sentyabr kuni Londonda tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyor 1982-yilda Oksford universitetining kollejini san’at tarixi bo‘yicha tamomlagan. O‘qish paytida u “Imtiyozli” komediyasida debyut qildi va tez orada teatr truppasiga qo‘shilib, epizodik rollarda o‘ynashda davom etdi. 1987-yilda aktyor o‘zining birinchi muvaffaqiyatiga “Moris” dramasidagi roli bilan erishdi, bu unga 44-Venetsiya xalqaro kinofestivalida eng yaxshi roli uchun Volpi kubogini olib keldi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Xyu Grant ishtirokidagi filmlar

    Vaqt o‘tishi bilan Xyu Grant tobora ko‘proq yirik loyihalarda ishtirok eta boshladi, masalan, “Noktyurnlar”, “Ekspromt”, “Shamolda eshkak eshish”. 1994-yilda “To‘rt to‘y va dafn marosimi” filmidagi roli uning faoliyatidagi burilish nuqtasi bo‘ldi. Filmdagi roli uchun aktyor “Oltin globus” va “Eng yaxshi erkak roli” uchun BAFTA mukofotini qo‘lga kiritdi. 2000-yilda “Brijit Jonsning kundaligi” filmi aktyorni yana mashhurlik to‘lqiniga ko‘tardi. Xyu Grant romantik filmlarda rol o‘ynashda davom etdi. 2006-yilda Fransiya kino akademiyasi Xyu Grantni kinoga qo‘shgan hissasi uchun faxriy “Sezar” mukofoti bilan taqdirladi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Bunga ishonish qiyin, lekin Xyu Grant hech qachon aktyor bo‘lishni xohlamagan, hatto uning ishtirokidagi yana bir muvaffaqiyatli melodrama, yaxshigina pul, shon-shuhrat va mukofotlarni olib kelgan paytda ham. Harbiy va o‘qituvchining o‘g‘li doimo yozuvchi bo‘lishni xohlardi va hatto kitob yozishni boshladi, lekin uni tugata olmadi. Ko‘k ko‘zli xushbichim Xyu Grant Oksford universitetidagi kollejni tugatgandan so‘ng darhol ekranlarga chiqdi: u komediyachilar guruhida, teleko‘rsatuvlarda va keyin “Moris” filmida rol o‘ynadi.

    Xyu Grantning shaxsiy hayoti melodramasi

    Talabalarning sevgisi haqidagi film Xyuning hayotini o‘zgartirdi: yosh aktyor nazarga tushdi va u o‘zining birinchi sovrini – Venetsiya kinofestivalida eng yaxshi roli uchun Volpi kubogini qo‘lga kiritdi. Bu uning aktyorlik karyerasidagi boshlang‘ich nuqta edi. U roman yozishga qaytmaydi. O‘sha 1987-yilda aktyor hayotining asosiy mazmuni – aktrisa Elizabet Xerli bilan uchrashdi.

    Xyu Grant va Elizabet Xerli

    Xyu Grant va Elizabet Xerli
    Foto: Pinterest

    Ular birgalikda “Shamolda eshkak eshish” melodramasida rol o‘ynashdi. Xyu darhol Elizabet tufayli aqlini yo‘qotdi, lekin bu unga bir qancha qiyinchiliklar keltirdi: Grant nevrastenik xarakterga ega bo‘lib, kayfiyati tez-tez o‘zgarib turardi va ruhiyatida og‘riq payo bo‘lardi. Har qanday ayol ham bunday erkak bilan 13 yil davomida turmush qurish taklifini talab qilmasdan birga yashay olmaydi. Elizabet hatto 1995-yilda aktyor Xyu Grantning xiyonatiga ham chidadi. Ular orasidagi mojaro matbuoutda shov-shuv bo‘ldi, ammo aktrisa o‘zini bunga munosib tutdi.

    Xyu Grant va Elizabet Xerli

    Xyu Grant va Elizabet Xerli
    Foto: Pinterest

    Va nihoyat 2000-yilda ajrashish tashabbusi bilan qiz sudga murojaat qildi. Xyu Grantning doimiy tushkunliklari Elizabetni shunchalik charchatib yuborgan ediki, endi uning ham sabri barham topgandi.

    “Biz qit’alar siljishidan ko‘ra sekinroq ajrashdik. Lekin oxir-oqibat hammasi yakun topdi. Taqdir bizga sovg‘a qoldirdi: ehtirossiz do‘stlik va bir-biriga ega bo‘lish istagi”, – deydi Xyu Grant bu haqda.

    Xyu Grant va Elizabet Xerli

    Xyu Grant va Elizabet Xerli
    Foto: Pinterest

    Ularning ikkalasi uchun bu munosabatlar ko‘p yillar davomida eng uzoq va kuchli bo‘lib qoldi. Xyu amerikalik millioner Stiv Bingdan bo‘lgan Elizabetning o‘g‘lining cho‘qintirgan otasi bo‘ldi va bu aktyorning yangi yoqtirgan qizlar orasida aql bovar qilmaydigan rashkni keltirib chiqardi.

    Xyu Grant muvaffaqiyatining boshqa tomoni

    Tashqi tomondan, 2000-yillarning boshi aktyor Xyu Grant uchun muvaffaqiyatli bo‘lgandek tuyildi: tez orada melodrama janrining klassikasiga aylanadigan filmlar birin-ketin namoyish etildi: “Notting-Xill, “Brijit Jonsning kundaligi”, “Haqiqiy sevgi”.

    Foto: “Domashniy ochag”

     

    Darhaqiqat, Xyu Grant hech qachon o‘zini bunchalik ishonchsiz va sertashvish his qilmagan edi. U Elizabet bilan ajrashishga qiynaldi, bu uning kameralarga bo‘lgan qo‘rquvini eng yuqori cho‘qqiga olib chiqdi. “Notting-Xill” filmining suratga olish maydonchasida partnyori Juliya Roberts uning ortidan yugurib, har bir muvaffaqiyatsiz kadrdan keyin uni yana suratga tushishga ko‘ndirishga majbur bo‘ldi.

    Foto: Pinterest

    Aktrisa Dryu Berrimor esa u bilan birga “Musiqa va so‘z” (“Music and Lyrics” filmida bosh rolni o‘ynadi, bu esa aktyorga qisqa vaqt ichida ishonch bag‘ishladi. Qolaversa, Xyu eng yaxshi ruhiy shaklda bo‘lmagan jurnalist Jemayma bilan yangi munosabatlarni boshladi. Shunga qaramay, aktyorning shaxsiy hayoti ozmi-ko‘pmi yaxshilandi, ular Jemayma uning yuragidan ketmaguncha, uch yil davomida uchrashishdi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Yillar o‘taverar va 2009-yilda Xyu 50 yoshni qarshi olishi kerak edi. Uning tug‘ilgan kuniga qanchalar oz vaqt qolgan bo‘lsa, uning ichki inqirozi shunchalik jiddiylashdi. Muvaffaqiyatli karyerasiga qaramay, Xyu Grantning na oilasi, na bolalari bor edi – bu so‘nggi yarim asr ichida aktyor uchun juda achinarli natija bo‘ldi.

    Xyu Grant va Jemayma

    Xyu Grant va Jemayma
    Foto: Pinterest

    Xyu Grantning notinch shaxsiy hayoti

    U o‘zini qo‘lga oldi va ishlashda davom etdi, ba’zida uni noma’lum yosh qizlar bilan ko‘rishdi. To‘satdan 51 yoshli aktyor Xyu Grant farzandli bo‘ldi!

    Xyu Grant va Tinglan Xon

    Xyu Grant va Tinglan Xon
    Foto: Pinterest

    Albatta, bu haqda birinchi bo‘lib Elizabet bildi. U aktyorni aldayapti deb o‘yladi, lekin Xyu Grant hazillashmagan edi. Aktyorning farzandining onasi Tinglan Xong ismli xitoylik ayol bo‘lib, u oddiy ofitsiant bo‘lib ishlar va aktyor u bilan farzand ko‘rishini xayoliga ham keltirmagandi.

    Xongning har qanday moliyaviy da’volardan voz kechishga tayyorligi Xyuga kuch berdi. U farzandining bo‘lajak onasiga uyi yonidan qasr sotib oldi, shuningdek, Londondagi eng nufuzli klinikalardan birida tug‘ruq uchun pul to‘ladi. 2011-yil 26-sentyabrda Xyu Grantning tarjimai holi sezilarli o‘zgarishlarga duch keldi – endi Xyuning qizi bor va bu faqat boshlanishi edi xolos.

    Xyu Grant va Anna Ebebrshtayn

    Xyu Grant va Anna Ebebrshtayn
    Foto: Pinterest

    Tez orada Tinglan Xong bilan munosabatlar barbod bo‘ldi va Xyu Grant Anna Ebershtayn bilan uchrashishni boshladi. Ular tennis o‘ynayotganda tanishib qolgan. 2012-yil sentabr oyida u Xyuning ikkinchi farzandi Jon Mungoni dunyoga keltirdi.

    Ebershtayn oqila ayol bo‘lib chiqdi. U turmush qurishni talab qilmadi, ammo farzand ko‘rishni xohlar edi, tennisga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli Xyu Grantning shaxsiy hayotini reklama qilishni istamasligini ma’lum qildi. U ham sovg‘a sifatida xuddi Tinglan Xong kabi aktyordan dabdabali uy oldi va shu orada Xyu uchinchi marotaba ota bo‘ldi, farzandining onasi esa yana xitoylik ayol edi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Grantning ma’lum qilishicha, bu faqat uzoq do‘stlikka aylangan o‘tkinchi munosabat bo‘lgan. Buni aktyorda sobiq ayollari bilan shunchaki do‘st bo‘lib qolish qobiliyati balki mavjud emas deb taxmin qilish mumkin.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Aytishlaricha, o‘sha paytda bir necha oylik homilasi bo‘lgan Xongni Anna samimiy tabriklab, unga bir nechta sovg‘alar yuborgan. Bolalarning 2:1 hisobi Tinglan Xong foydasiga 2015-yilgacha saqlanib qoldi, Ebershtayn esa buni tenglashtirib, Xyu Grantning qizini ham dunyoga keltirdi. 2018-yilda Anna nihoyat raqibasini mag‘lub etib, Xyuni nafaqat uchinchi farzandini dunyoga keltirdi, balki aktyor bilan 2018-yil 25-mayda nikohdan o‘tdi.

    Xyu Grant va Anna Ebebrshtayn

    Xyu Grant va Anna Ebebrshtayn
    Foto: Pinterest

    Endi yolg‘iz aktyor 5 farzand va 2 rafiqani tashkil etgan kattagina oilaga ega. U vaqti-vaqti bilan qonuniy rafiqasi Anna Ebershtayn bilan omma oldida ko‘rinish beradi. Shuningdek, Elizabet va uning o‘g‘li bilan iliq muloqot qilishda davom etadi. Ayollar hatto bolalari tug‘ilgandan keyin uning nevrasteniyasi barbod bo‘lganini aytib o‘tgan, qolaversa Grantning kameralarga bo‘lgan qo‘rquvi ham o‘z o‘zidan yo‘q bo‘lib ketgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Mavzuga doir:

    • Foto: 50 yoshdan keyin turmush qurgan mashhurlar
    • Aktyorlar bir filmda bir nechta obrazni yaratganini payqash mushkul bo‘lgan filmlar (foto)
    • 50 yoshidan keyin ota bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    21.02.2022, 19:35   Izoh (0)   14812
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qog‘ozdan qo‘rqadigan Megan Foks, kapalaklarga toqat qila olmaydigan Nikol Kidman. Mashhurlarning eng g‘alati fobiyalari (foto)

    21.02.2022, 15:45

    To‘rtdan yettigacha: o‘zbek shou-biznesining eng serfarzand vakillari (foto)

    21.02.2022, 12:42

    “Qancha oddiy bo‘lsa, shuncha yaxshi”. Moda ortidan quvmaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

    21.02.2022, 11:15

    Instagram: Yulduz Usmonovaning 2 ming dollarlik ko‘ylagi, Jasur Umirovga parodiya qilgan Yigitali, AQSh aeroportida sarson bo‘lgan Yulduz Turdiyeva

    20.02.2022, 22:50

    500 milliondan 80 milliard dollargacha: Mashhurlarning juda qimmatga tushgan ajrashishlari (foto)

    20.02.2022, 20:44

    Kim Kardashyanning Kaliforniyadagi hashamatli qasriga sayohat (foto va video)

    20.02.2022, 19:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.