Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sevgi va munosabatlarni rasmiylashtirishning erta-kechi yo‘q. 60, 70 hatto 90 yoshida turmush qurgan quyidagi juftliklar esa buning isboti.

Alan Rikman va Rima Xorton

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Shaxsiy hayoti haqida ovoza qilishni yaxshi ko‘rmaydigan rejissor bo‘lajak rafiqasi bilan 1965-yilda tanishgan. Bu vaqtda u 19 Rima esa 18 yoshda bo‘lgan. Oradan 12 yil o‘tib birga yashashga qaror qilgan juftlik 47 yil o‘tib munosabatlarini rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. 2012-yilda 66 yosh Alan va 65 yashar Rima yashirincha turmush qurgan. Nyu-Yorkda guvohlarsiz nikohdan o‘tgan juftlik marosimdan keyin shahar aylangan va restoranda ovqatlangan. Bu haqda Bild nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan Alan 2016-yilda saratondan vafot etgan.

Xelen Mirren va Teylor Xekford

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Mashhur aktrisa hamisha rasman turmush qurishga qarshi bo‘lgan. “Oq tunlar” (1985) filmini suratga olish maydonchasida Teylor bilan tanishgan aktrisa oradan 12 yil o‘tib, 1997-yilda unga turmushga chiqqan.

Kventin Tarantino va Daniela Pik

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Hayotini ishiga bag‘ishlagan va turmush qurishga qarshi ekanini ta’kidlab kelgan 60 aktyorning uylangani haqidagi xabar muxlislari uchun kutilmagan bo‘lgan. Rejissor Daniela bilan 2009-yilda “Sharafsiz vahshiylar” filmining premyerasi uchun Isroilga borganida tanishgan. Uchrashishni boshlaganidan keyin orada biroz muddatga ayrilgan juftlik 2016-yilda yarashib olgan. 2018-yilda oila qurgan va 2020-yilda farzandli bo‘lgan.

Tina Terner va Ervin Bax

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Sakkiz marta “Gremmi”ni qo‘lga kiritgan yulduzning hayoti o‘zgarishlarga boy bo‘lgan. Ervinga qadar u ReymondXill, Ayk Terner bilan turmush qurgan va ularning har ikkisidan ham farzandli bo‘lgan. 1986-yil Kelnga xizmat safariga borgan yulduzni EMI ovoz yozish kompaniyasining vakili Ervin Bax kutib olgan. 30 yashar Ervin 46 yoshli Tinaga turmush qurishni taklif qilgan. Ammo Terner ushbu taklifga oradan 27 yil o‘tibgina (73 yoshida) rozilik bergan. 2013-yilda turmush qurgan juftlikning to‘yida mashhurlardan Eros Ramazotti, Devid Boi, Opra Uinfri ishtirok etgan. Oradan oylar o‘tib Ternerning salomatligi yomonlashgan va Ervin buyrak ko‘chirib o‘tkazish uchun unga donorlik qilgan.

Xyu Grant va Anna Ebershteyn

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Aktyor nafaqat filmlardagi rollari, balki uzoqqa bormaydigan munosabatlari bilan ham mashhur hisoblanadi. 1987-yilda Elizabet Xerli bilan uchrashib yurgan yulduz keyinroq Tinglan Xong bilan ham munosabatda bo‘lgan. Xong — Xyuning ikki nafar farzandining onasi. Prodyuser Anna Ebershteyn ham uning uch farzandini dunyoga keltirgan va shundan keyingina 57 yashar aktyor birinchi marta rasman turmush qurishga qaror qilgan.

Jerri Xoll va Rupert Merdok

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Jerriga qadar ham shaxsiy hayotida turli insonlar bo‘lgan Rupert 84 yoshida 59 yashar Xollga uylangan. Londonda bo‘lib o‘tgan marosimda juftlikning do‘stlari va yaqinlari bilan birga o‘n nafar farzandi ham ishtirok etgan.

Joan Kollinz va Persi Gibson

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Mashhur britaniyalik aktrisa bir emas, besh marta turmush qurib ulgurgan. So‘nggi marta 2002-yilda turmush qurganida uning yoshi 69 da bo‘lgan. O‘rtalarida 32 yosh tafovut bo‘lishiga qaramay, juftlik 19 yildan buyon birga.

Jorj Kirbi va Dorin Laki

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Britaniyalik mazkur juftlik Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Oila qurgan vaqti Dorinning yoshi 91, Jorjnikiesa 92 da bo‘lgan. Kirbi sevishganlar kunida Doringa turmush qurishni taklif qilgan va ular 2015-yilning 13-iyunida munosabatlarini rasmiylashtirgan. Avvalgi turmushlaridan 7 nafar farzandi, 15 ta nabira va 7 ta evarasi bo‘lgan juftlikning to‘y marosimida yaqinlari hamda do‘stlari ishtirok etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi