Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ushbu taniqli yulduzlar yoshligidanoq mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, taqdir ularni 50 yoshdan keyingina merosxo‘r bilan siyladi.

Kventin Tarantino

Foto: Grazia

Foto: Grazia

2020-yilning fevral oyida Kventin Tarantino birinchi marta otalik maqomiga erishdi. Yaqinda 57 yoshni qarshilagan rejissor 36 yoshli isroillik model Daniella Pik bilan ikki yil avval turmush qurgan. Oila qurmasdan avval rejissor farzand va nikoh haqida boshqacha fikrda edi, ammo keyinchalik bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. Ammo ularning ilk vorisi tug‘ilganidan so‘ng Kventin o‘z karyerasini tugatishga ham qaror qildi. Sababi u vaqtini ko‘proq oilasi davrasida o‘tkazishni istamoqda.

Jorj Kluni

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Gollivudning yana bir bo‘ydog‘i Jorj Kluni va jamoat arbobi Amal Alamuddin 2014-yilda turmush qurgan. 2017-yilda oila egizak farzandlarning ota-onasiga aylandi. Juftlik egizaklariga Aleksandr va Ella deb ism qo‘ygan. Qizig‘i shundaki, Jorj ham uylanmasidan avval farzand ko‘rish borasida unchalik ham qiziqish bildirmagan. Ammo keyinchalik egizak farzandlar uning fikrini o‘zgartirib yuborgan bo‘lishi kerak.

Xyu Grant

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Gollivudning yana bir kelishgan yulduzi Xyu nafaqat ekranlarda, balki hayotda ham muhabbat bilan bog‘liq mojarolarga aralashib qolgan. 2011-yil uning to‘satdan ota bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan. 50 yoshli Xyuga xitoylik Tinglan Xongning qiz farzand tug‘ib berishi kutilmagan voqea bo‘lgan. Ammo bir vaqtning o‘zida uning turmush o‘rtog‘i Anna Ebershteyn ham o‘g‘il farzand ko‘rdi. Hozirda juftlikning uch nafar farzandi bor.

Richard Gir

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Aktyorning yagona merosxo‘ri u 50 yoshiga to‘lganida dunyoga kelgan. “Men juda kech ota bo‘lganimdan aslo afsuslanmayman, agar yoshroq bo‘lganimda, yana karyeramni rivojlantirish uchun hayot yo‘lida izlanishda davom etar edim. 50 yoshimda esa men boshqa bir insonni tarbiya qilishga tayyorman”, — deydi Gir. Aktyorning o‘g‘lini 2000-yili uning ikkinchi turmush o‘rtog‘i aktrisa Keri Louell dunyoga keltirdi. Ammo juftlik 10 yillik turmushidan so‘ng 2013-yil ajrashishga qaror qilgan. Shunday bo‘lsa ham Gir hamon farzandining hayotida faol ishtirok etadi.

Stiv Martin

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Komediya yulduzi Stiv Martin reytingning haqiqiy rekordchisiga aylandi. Yulduzning birinchi farzandi 67 yoshligida dunyoga kelgan. 2012-yilda o‘sha paytda 41 yoshda bo‘lgan uning rafiqasi Enn Springfild qiz farzand ko‘rgan. Juftlik ushbu yangilikni ommadan yashirishga uringan va merosxo‘rning suratini ko‘rsatishni ham rejalashtirmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi