Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bekobod tumanida daraxtlar kesilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, 19-fevral kuni tumanning “Saryuz” mahallasida fuqaro O.X. va bir guruh shaxslar tomonidan 64 tup qarag‘ay daraxti noqonuniy ravishda tag qismi bilan kesib olib ketilgan. Fuqaro O.X.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan BHMning besh baravari (1 million 350 ming so‘m) jarima belgilangan. O‘simlik dunyosiga yetkazilgan 1 milliard 575 million so‘m zarar hisoblangan.
Barcha tegishli hujjatlar jamlanib, ish huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Izoh (0)