Oliy va professional ta’lim muassasalari, ko‘pchilik abituriyentlar va ota-onalarining murojaatlarini inobatga olgan holda, Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq kontrakt to‘lashning muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.
Bu maqsadda oliy o‘quv yurtlarida o‘qishingiz uchun “Xalq banki” uzoq muddatga imtiyozli “Ta’lim” kreditini taklif qiladi.
Ushbu kredit kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
Shartlar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:
- muddat: asosiy qarz talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab, 7 yil davomida qaytariladi;
- miqdori: har yilgi to‘lov-kontrakt shartnoma summasi;
- foizi: 14 foiz (foizlar kredit rasmiylashtirilgandan boshlab, oyma-oy to‘lab boriladi);
- kafil: 18 yoshga to‘lgan doimiy daromadga ega bo‘lgan shaxs;
- ta’minot: jismoniy shaxs kafilligi, sug‘urta polisi, likvidli mol-mulk garovi;
- kerakli hujjatlar: pasport (ID karta), shartnoma nusxasi, ta’minot hujjatlari.
Orzuingizdagi kasbni egallash uchun shaxdam qadam tashlang. Kontrakt to‘lovi borasida “Xalq banki” yordam beradi.
Batafsil ma’lumot uchun: 1106 / 71 210 20 02
Veb-sayt: xb.uz
E-mail: info@xb.uz
Telegram kanal: https://t.me/xalqbankinfo
Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot
Telegram-bot call center: https://t.me/xalqbankcall_bot
Facebook: Xalq Banki
Instagram: xalqbankinfo
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)