15-fevral kuni Ukrainadagi turli davlat idoralari va katta banklarning saytlari faoliyatida bir necha soat davomida uzilish hamda to‘xtalishlar kuzatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ukraina raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorovning ma’lum qilishicha, “Diya” davlat xizmatlari servisiga DDoS-hujum O‘zbekiston orqali amalga oshirilgan.
“Boshlang‘ich vektor — Rossiya va Xitoy. Soniyasiga taxminan 600 ming paket zararli trafik. Mutaxassislarimiz ushbu yo‘nalishni tezkorlik bilan ‘kesdi’, biroq hujumlar Chexiya va O‘zbekiston orqali qaytdi. Va yana ular ‘qaytarildi’. Foydalanuvchilar uchun hujum harakatlari sezilmagan”, — deydi Fedorov.
Bundan tashqari, Ukraina Mudofaa vazirligi, Qurolli kuchlar, “Privatbank” hamda “Oshadbank”ning saytlari DDoS-hujumlarga uchragan.
Izoh (0)