Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent shahrining Chilonzor tumani 15-dahasida yashovchi Abbos G‘ulomov bedarak yo‘qolgani haqida uning qarindoshlari “Daryo”ga murojaat qildi.

Abbos G‘ulomov.

Abbos G‘ulomov.
Foto: Telegram

Yaqinlarining ma’lum qilishicha, 25 yoshli Abbos G‘ulomovning 12-fevral kuni to‘y marosimi bo‘lishi rejalashtirilgan. Kuyov to‘yi o‘tadigan kuni ertalab uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

“Qo‘lidagi mobil telefonlari o‘chiq. To‘yga barcha tayyorgarlik ko‘rib qo‘yilgandi. Hammamiz shokdamiz”, — dedi yigitning qarindoshlaridan biri.

Kuyovni qidirish uchun ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan. Shuningdek, bojxona organlariga uni chet elga chiqib ketgani bo‘yicha ham murojaat yuborilgan. Aytilishicha, u chet mamlakatga chiqib ketmagan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Abbos G‘ulomov bedarak yo‘qolgan fuqaro sifatida ro‘yxatga olingan va ayni vaqtda qidirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi