• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12939.93
    • RUB162.03
    • EUR14725.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +15°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bu nihoyasiz urushdan to‘ydik”. Lugansk okoplaridagi ukrainalik askarlar 8 yillik urushga chek qo‘yishni istamoqda (video)

    Ukrainaning Donbass hududida sakkiz yildan beri urush davom etadi. Front chizig‘idagi ukrainalik askarlar noaniqliklardan to‘yganini aytib, 2014-yildan beri ularni okoplarda harakatlanishga majbur qilayotgan mojaroning bir tarafga o‘nglanishini istamoqda, deb yozadi Reuters.

    Foto: Yandex

    Foto: Yandex

    “Biz bu nihoyasiz urushdan to‘ydik. Hammasini bir yoqli qilish kerak, bu noaniqliklarga chek qo‘yish uchun yo bizga hujum qilishsin yoki biz hujumga o‘taylik. Hammamiz bundan charchadik. Esimda, 2014, 2015, 2016-yillarda ishtiyoq kuchli edi”, — dedi xavfsizlik nuqtayi nazaridan familiyasini sir tutgan 27 yoshli Bohdan.

    Sobiq konchi va Dnepropetrovsk yaqinidagi Pavlograd shahrida aviatsiya muhandisligi talabasi bo‘lgan Bohdan so‘nggi bir yil davomida Ukraina sharqida joylashgan Lugansk hududidagi frontda xizmat qilmoqda.

    Sharqiy frontdagi yirik qurollardan bir muncha vaqt sado chiqmasa-da, minomyot va granatalarning ovozi qor bilan qoplangan dalalar sukunatini buzadi. Okoplarda oylab vaqt o‘tkazayotgan askarlar har xil vaziyatlarga tayyorlanish, qolaversa, zerikishni yengish uchun qo‘llaridan kelganini qilmoqda. Bohdan o‘zi qurib olgan sport zalida shtanga va arqon bilan mashq qiladi.

    2014-yildan beri faol xizmatda bo‘lgan lvovlik sobiq politsiyachi, isyonchilarning pozitsiyalaridan bir kilometr nariga tashlangan 44 yoshli boshqa bir askar Konstyantin esa, agar keng ko‘lamli to‘qnashuvlar boshlansa, mashg‘ulotlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini aytdi.

    “Agar biror narsa boshlansa, nima bo‘lishini oldindan aytib ham, harakatlarni rejalashtirib ham bo‘lmaydi. Askar o‘z mahoratiga, ko‘nikmalari va tajribasiga tayanishga majbur bo‘ladi. Eng muhimi, qo‘rquvga tushmaslik, chunki qo‘rquv odam nazorat qila olmaydigan narsa”, — deydi u.

    Lugansk va Donbass hududlaridagi harbiy mojaro 2014-yilda Moskva tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ayirmachilar Ukraina hukumati nazoratidan chiqib, o‘zlarini mustaqil “xalq respublikalari” deb e’lon qilgandan so‘ng boshlangan. Ular da’vo qilgan respublikalar hali hech qayerda tan olinmagan.

    Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, 8 yil ichida hududda yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 15 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Rossiya mojaro ishtirokchisi ekanini inkor etadi, lekin isyonchilarni turli yo‘llar bilan, jumladan, yashirin harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish, COVID-19 ga qarshi vaksina yetkazib berish, 600 000 dan ortiq aholiga Rossiya pasportlarini berish orqali qo‘llab-quvvatlamoqda, deb ta’kidlaydi Reuters.

    Ukraina Mudofaa vazirligidagi manbaga ko‘ra, Kiyev Donbassda 35 ming ayrimachi jangarilar va 2000 rossiyalik muntazam kuchlar borligini taxmin qilmoqda, ammo Rossiya buni rad etadi.

    Mavzuga doir:

    • Ukraina prezidenti Donbassga bordi, kaska va zirhli nimcha kiyib okoplarga tushdi va vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi (foto)
    • Donbassda 2 yil ichida ilk marta asirlar almashildi
    • Poroshenko: Donbassda jang qilayotganlarning yarmi — Rossiya fuqarolari
    • Zelenskiy Putinga Donbassda uchrashishni taklif qildi

    13.02.2022, 22:50   Izoh (0)   60311
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yamanlik isyonchilar hujumidan so‘ng AQSh BAAga qiruvchi samolyotlarini joylashtirdi

    13.02.2022, 18:22

    Rossiya Mudofaa vazirligi Amerikaning yadroviy suvosti kemasi Kuril orollarida Rossiya chegarasini buzib kirgani haqida xabar qildi. Pentagon buni rad etdi

    13.02.2022, 16:50

    AQSh Rossiyaning Ukrainaga yaqin kunlarda hujum uyushtirishi mumkinligini taxmin qildi. “Angllar va sakslarga har qanday yo‘l bilan urush chiqarish manfaatli”, — d...

    13.02.2022, 15:53

    Putin bir kun ichida Bayden, Makron va Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazdi

    13.02.2022, 14:46

    Avstraliya va Kanada Ukrainadagi vaziyat sabab Kiyevdagi elchixonasini boshqa shaharga ko‘chirmoqda

    13.02.2022, 13:14

    Yamanda jangarilar BMTning 6 nafar xodimini o‘g‘irlab ketdi

    13.02.2022, 11:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreyaning eng mashhur va baxtiyor 10 nafar juftligi

    Kino | 27 may, 22:20

    Yil boshidan buyon chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi – Bojxona qo‘mitasi

    O‘zbekiston | 27 may, 22:05

    Nazorat kuchaysa, mehr kamayadimi? Olimlar qattiqqo‘l onalar farzandiga qanday ta’sir qilishini aniqladi

    Ayollar sahifasi | 27 may, 21:40

    Yangiyo‘l tumani va Yangi Toshkent yaqinida yirik yuk stansiyalari barpo etilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 27 may, 21:39

    O‘zbekiston Superkubogi. “Nasaf” penaltidan urilgan gol evaziga “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 27 may, 21:38

    O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 may, 21:25

    Toshkent viloyatida 22 yoshli qizni Rossiyaga fohishalik uchun olib ketayotgan ayol ushlandi

    O‘zbekiston | 27 may, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.