Germaniyada ochilgan boychechak, talabalar sog‘lig‘i uchun ibodat, jang qilayotgan oqqush. 3-fevral suratlari
Dunyoning turli nuqtalarida olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Tailand COVID-19 ga qarshi to‘liq emlangan sayohatchilarga karantinda majburiy o‘tirish talabini bekor qildi.Foto: EPA
Mirzo Ulug‘bek tumani “Oqqo‘rg‘on” mahallasida ovqat qidirib boshini teshikka tiqqan mushuk.Foto: “Daryo” / Sevara Mirzaraximova
Londonning Kyu qirollik botanika bog‘ida orxideya festivali boshlandi.Foto: EPA
Shimoliy Irlandiyaning Banbrij shahridagi Linen Mill studiyasi pavilyonida “Taxtlar o‘yini” muxlislari uchun ko‘rgazma ochilmoqda. Ko‘rgazmada serialni yaratishda foydalanilgan aktyorlarning to‘plamlari, rekvizitlari va liboslari namoyish etiladi.Foto: Getty Images
Pokistonda uyma-uy yurib, koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi.Foto: EPA
Kyoln hayvonot bog‘idagi oq boshli saki bolasi.Foto: “TASS”
G‘azo sohilida quyosh botishi.Foto:Getty Images
Hindistonning Chennay shahridagi xususiy maktab o‘qituvchilari koronavirus cheklovlari yumshatilgandan keyin maktablarning qayta ochilishi oldidan talabalarning salomatligi uchun ibodat qilmoqda.Foto: EPA
Boltiq dengizidagi bo‘ron.Foto: Getty Images
Londonda Sent-Jeyms bog‘ida bir juft oqqush jang qilmoqda.Foto: Reuters
Indoneziyada 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlash davom etmoqda.Foto: “TASS”
Istanbulda yetkazib berish xizmati xodimlari ish haqini oshirish va ish sharoitlarini yaxshilash talabi bilan norozilik namoyishi o‘tkazdi.Foto: Getty Images
Nepalda Madhav Narayan hind festivali o‘tkazilmoqda. Butun bir oy davom etadigan bayramda dindorlar ibodatxonalarni ziyorat qiladi va turli marosimlar bajaradi.Foto: “TASS”
Germaniyaning shimoli-g‘arbiy qismida boychechaklar gulladi.Foto: “TASS”
Avstriyalik David Gleirsher Yanqing Milliy chang‘i markazida mashq qiladi.Foto: Reuters
Izoh (0)