O‘zbekiston va dunyoning turli nuqtalaridan olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Rossiyalik tennischi Daniel Medvedev Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi finalchisiga aylandi.
Foto: EPA
4–20-fevral kunlari Pekinda XXIV qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiada doirasida yettita sport turi (15 ta yo‘nalish) bo‘yicha 109 ta sovrinlar to‘plami o‘ynaladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqani faqat mahalliy aholi tomosha qilishi mumkin.
Foto: “TASS”
Londondagi Vestminster binosi Xolokostni xotirlash kunida pushti rangda yoritildi.
Foto: Getty Images
G‘azoda kuchli yomg‘ir yog‘di. Yaqin Sharq va Turkiyada bir necha kundan beri noqulay ob-havo kuzatilmoqda.
Foto: EPA
AQShning Pitsburg shahrida ko‘prik qulashi oqibatida beshta avtomobil va avtobus jarlikka qulab tushdi. O‘n kishi yengil tan jarohati oldi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: Samarqandda 143 mlrd so‘mga qurilgan tunnel devorlaridan yomg‘irdan so‘ng suv sizib chiqa boshladi (video)
Mavzuga doir: O‘zbekistonning bir qator hududlarida 29-yanvar kuni yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin
Sohil qo‘riqchilari Afinadagi Alimos plyajida yaralangan bukri kit bolasini qutqarib qoldi.
Foto: EPA
Yomg‘irli havoda Parkent ko‘chasida to‘xtab turgan avtomobil, Toshkent.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Kim Chen In Janubiy Hamgyong provinsiyasining Xamju tumanidagi sabzavot issiqxonasi uchun rejalashtirilgan hududni ko‘zdan kechirmoqda.
Foto: AP Photo
Askarlar Ukrainaning Lvov shahridagi Yavoriv harbiy poligonida NLAW tankka qarshi qurollarni qo‘llash bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Foto: AP Photo
Pekinda tibbiyot xodimlari qishki Olimpiya o‘yinlari doirasidagi konkida uchish mashg‘ulotida qatnashmoqda.
Foto: Reuters
Malavining Chikvava tumanidagi Kanjedza qishlog‘idagi Ana tropik bo‘roni oqibatida vayron bo‘lgan uyidan qarab turgan ayol.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Ommaviy ravishda baliq ovlayotgan Sochi aholisi, Xolokost qurbonlarini xotirlash marosimi, Istanbulda tinmagan qor. 27-yanvar suratlari
- Gaz uchun oxiri yo‘q navbatlar, Ukrainaga kelgan harbiy yordam, Yevropadan qaytayotgan “Tolibon”. 26-yanvar suratlari
- “Svet”siz qolgan O‘zbekiston, fonarda ishlayotgan hokim, Toshkentni qoplagan tuman. 25-yanvar suratlari
- Qorga burkangan Turkiya, pottermenlar uchun maxsus poyezd, ommaga namoyish etilgan chaqaloq pandalar. 24-yanvar suratlari
- Surxondaryoda ochilgan boychechak, datchik o‘rnatilgan toshbaqa, kulga botgan avtomobil. 21-yanvar suratlari
- Yerni samolyotda aylanib chiqqan qiz, bunkerdagi ukrain askari, vaksina kutayotgan bolalar. 20-yanvar suratlari
- O‘zbekistonda boshlangan sumalak mavsumi, ochlikka qarshi kampaniya, ta’mirtalab sirk. Hafta suratlari