• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Birlashgan Arab Amirliklariga — yarim asr. Arablar neftdan topilgan pullarga qanday mamlakat qurishga muvaffaq bo‘ldi?

    Ikkinchi dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklariga asos solinganiga 50 yil to‘ldi. BAA Abu-Dabi va Dubayning o‘ta zamonaviy osmono‘par binolari, qora oltini, yuqori yashash darajasiga ega iqtisodiy jihatdan rivojlangan hashamatli ertaknamo mamlakat sifatida e’tirof etiladi. Ammo ushbu mamlakatning o‘ziga yarasha “qora dog‘lari” ham bor, xabar beradi “Sekret Firmi”.

    Foto: “secretmag.ru”

    Foto: “secretmag.ru”

    Charaqlagan quyosh sahrodagi kichik bir g‘aflat bosgan portni o‘z nurlari bilan yoritmoqda. Bu yerda yo‘llar yo‘q: atrofingiz faqat qumlik. Elektr energiyasi bilan ham, ichimlik suvi bilan ham doimiy muammo mavjud. Shahar bo‘ylab tuya yetaklagan badaviylar kezib yurishadi. Dubay shahri 1970-yillarda aynan mana shunday edi.

    Bugungi kunda Birlashgan Arab Amirliklariga kiruvchi hududlar iqtisodiyoti baliqchilik va marvarid sanoatidan foyda ko‘rar edi. Ammo ХХ asrning o‘rtasiga kelib u yerlarda neft konlari ochildi, 1962-yilda esa Abu-Dabi shahridan birinchi marta eksport qilina boshlandi. Bu mintaqaning iqtisodiy tizimni misli ko‘rilmagan tarzda o‘zgartirib yubordi.

    Xuddi shu davrda (1950—1960-yillar) amirliklar Buyuk Britaniya hukmronligi ostida edi. 1892-yilda amirlar bitim imzolashdi, unga ko‘ra ingliz toji tashqi isharni, amirliklar esa faqat  ichki ishlarni boshqarishi belgilangan edi.

    Biroq 1968-yili Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinlarini Suvaysh kanalidan sharqda joylashgan tumanlardan olib chiqib ketishini e’lon qildi. Xuddi shu yili shayxlar Zayd Al-Nahayon (Abu-Dabi hokimi – amir)  va Rashid (Dubay amiri) o‘rtalaridagi o‘zaro nizoga qaramay, BAAni tashkil qilishga qaror qilishdi. Keyingi uch yil ichida ittifoqqa yana to‘rt nafar shayx, yana ikki oy o‘tib 1971-yili  BAA tashkil topgandan so‘ng esa Ras-al-Hayma amirligi birlashmani to‘ldirdi.

    BAA jamoaviy tamoyillar asosida boshqariladi. Rasman yetti amirlik amirlari siyosiy jihatdan mustaqil va o‘zaro tengdirlar, biroq tarix tomonlama olib qaraganda, qolgan besh amirlik biri BAA davlat rahbari, boshqasi esa doimiy ravishda bosh vazir vazifasini bajaruvchi Abu-Dabi va Dubay amirlariga siyosiy vakolatlarni topshirgan. 

    Yana tuyalarga qaytishni istamayman

    Iqtisodiy maslahatchi Hamid Hasan al-Bahrning aytib berishicha, 1970- va 1980-yillarda mustaqillikka erishgan BAA “hech qanday mehnat qilmadi – faqat sarf qildi”: Amirliklar aholisi “faqat eng qimmatini, eng yaxshisini, eng kamyob uchraydiganini ishlatishni istashar edi”.

    Foto:“ secretmag.ru”

    Foto:“ secretmag.ru”

    BAAni turizm va globallashtirish orqali rivojlantirishni taklif qilganlar haq edi. 70-yillarda Dubayning birinchi amiri Rashid ibn Said Al Maktum aynan globallashtirishga pul tikkan edi: mintaqada Abu-Dabidagi kabi yirik tabiiy qazilmalar zaxirasi yo‘q edi, shayx esa o‘z amirligini rivojlantirishning eng maqbul yo‘lini topdi.

    Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Dubaydan 35 km uzoqlikda joylashgan Jabal Ali qishlog‘ida yangi port qurish g‘oyasi unga tegishli ekan. Amirning atrofidagilari bu ishga qarshi bo‘lishgan, ammo u o‘z fikrida qat’iy turib olgan. Amir uchun port qurilishi Dubayni jahon logistika markaziga aylantirishdagi muhim qadam hisoblangan.

    Amir neft tugab qolishidan va BAA aholisi sahrodagi avvalgi hayotiga qaytib qolishidan ko‘proq xavotirda edi.

    Mening buvam tuyada yurgan, mening otam ham tuyada yurgan, men Mercedes’da, o‘g‘lim Land Rover’da, uning o‘g‘li Land Rover’da, o‘g‘limning nevarasi esa tuyada yuradi, – degan edi u.

    Bugungi kunda BAA – dunyodagi yetakchi turistik manzillardan biri, Dubay esa 2021-yili oyiga o‘rtacha 1,5 mln sayyohni qabul qiladi.

    Amirliklar jahon neft zaxirasining 5,6 foiziga, gaz zaxirasining 3 foiziga ega, aholining jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik YaIM esa 70 ming dollardan oshadi – dunyo bo‘yicha oltinchi natija.

    Neft BAA iqtisodiyotining asosiy manbasi bo‘lib qolmoqda: neft sektori mamlakat yalpi ichki mahsulotining, taxminan, 32 foiziga to‘g‘ri keladi. Biroq 2030-yilga kelib Amirliklar neft hissasini 20 foizgacha kamaytirishni rejalashtirmoqda.

    Ijtimoiy kafolatlar va oltin qafas

    Dubay fuqarolari uchun ijtimoiy ta’minot tizimi mavjud. O‘g‘il bola dunyoga kelganda, taxminan, 0,5 gektarlik bepul yer joyiga, shuningdek, belgilangan maydonda uy qurilishi uchun kredit olish huquqiga ega bo‘ladi. Kredit yiliga 2 foizga 30 yil muddatga beriladi. Fuqaro o‘ziga belgilangan yer maydonida uy-joy qurishga majbur etilmaydi. U o‘z maydonini ijaraga berishi va undan daromad ko‘rishi mumkin.

    Bundan tashqari, fuqarolar uchun Dubayda tibbiy yordam va ta’lim olish bepul. Talaba islom universitetiga o‘qishga kirsa, unga oyiga 2 ming dollar stipendiya to‘lanadi, shuningdek, yashash uchun turar joy beriladi.

    Foto: “secretmag.ru”

    Foto: “secretmag.ru”

    BAAning hukmron oilalar a’zolarining hayotini esa sharqona ertakka qiyoslash mumkin. 2019-yili Business Insider ma’lumotlariga ko‘ra, Dubay amiri Muhammad bin Rashid Al Maktum 4 mlrd dollar egasi hisoblanadi. Dubay hukmron oilasi Buyuk Britaniyada joylashgan ko‘chmas mulkka ham egalik qiladi. Ularga Surreydagi bahosi, taxminan, 99 mln dollarlik Longcross mulki tegishli.

    Ochlik, qullik va oxiri ko‘rinmas sahro

    Malika Latifa tufayli BAAda ayollar diskriminatsiyasi keng muhokama qilina boshlandi. Natijada Amirliklarda ijtimoiy islohotlar o‘tkazildi. Masalan, gender tengligi ta’minlandi va ayollarni o‘z turmush o‘rtoqlariga “bo‘ysunish”ga majburlovchi qonunlar bekor qilindi.

    Mamlakatda ayollar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilinmoqda va loyihalar faol ishlab chiqilmoqda. Masalan, BAAda kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish, litsenziya olish, biznes tashkillashtirish kabi huquqlar ayollarga ham berildi. Bu Amirliklardagi biznes-iqlim va siyosiy vaziyatni yaxshilaydi, – deydi iqtisodchi Marsel Imamov. – Biroq ayollar xulq-atvoriga bo‘lgan talablarni qo‘yuvchi arab jamiyatidagi ayollar holati faol hayot tarzini olib borishga hali-hanuz to‘sqinlik qilib kelmoqda. Masalan, ayollarga turmush o‘rtog‘i yoki o‘zidan katta qarindoshisiz o‘z uylarini tark etish taqiqlangan. Bunday qoida harakatlanish erkinligini, shu jumladan, ayollar va qizlar faoliyati sohasini cheklaydi.

    Avvalroq The Guardian nashri jurnalisti Dubaydagi mehnat lagerlaridan birida bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. U yerda osmono‘par binolar qurilishida ishlaydigan ishchilar yashashar ekan. Ba’zi binolardagi xonalarda 20 tagacha odam jon saqlaydi.

    Shahar tashqarisida joylashgan lagerlar sayyohlardan xoli hisoblanadi. Qulayliklar deyarli yo‘q: lagerlar hojatxonalari oldida yuvinish mumkin, kamdan kam uchraydigan bo‘sh vaqtlar axlat uyumi orasida o‘ynaladigan kriket bilan o‘tkaziladi, kechki ovqat yog‘dan qorayib ketgan tovalarda tayyorlanadi, — deb ishchilar hayotini tasvirlaydi Geyt Abdul-Ahad.

    Jurnalist migrantlarning “qimmatbaho soatlar, mobil telefonlar va Dubay osmono‘par binolari” reklamasi bilan bezangan gazetalar to‘shalgan polning o‘zida ovqatlanishini gapirib berdi.

    Foto: “secretmag.ru”

    Foto: “secretmag.ru”

    Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan keyin migrantlar BAAdagi yuz minglab ish o‘rinlarini yo‘qotdilar. Mamlakatda xorijliklar uchun ijtimoiy davlat himoyasi tizimi mavjud emas, natijada esa ko‘plab insonlar og‘ir ahvolga tushgan. 30 yoshlik pokistonlik Xassan The Guardian nashriga bergan intervyusida o‘zida va ishini yo‘qotgan boshqa migrantlarda uyga ketish uchun chipta sotib olishga na puli, yeyishga na ovqati borligini aytgan.

    BAA o‘zining “qora dog‘lari”, kamchiliklari va sezilarli muammolariga qaramay, Fors ko‘rfazining eng tinch mamlakatlaridan biri bo‘lish bilan birga jadal rivojlanib borayotgan davlatdir. Bu yerda o‘zga din va madaniyat vakillariga boshqa mamlakatlarga qaraganda ijobiyroq munosabatda bo‘lishadi, islohotlar esa ijtimoiy notenglikni muntazam yopib keladi va mamlakatga “neft ignasi”dan xalos bo‘lishga yordam beradi. Iqtisodiy tomonlama esa Birlashgan Arab Amirliklari o‘zining tabiiy resurslar zaxirasiga qaram bo‘lgan boshqa davlatlar uchun o‘rnak bo‘la oladi.

    28.01.2022, 20:53   Izoh (0)   3195
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2022-yilda oltin narxlari qaysi tomonga o‘zgaradi va bu O‘zbekistonga qanday ta’sir o‘tkazadi?

    28.01.2022, 19:38

    O‘zbekiston yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini kamaytirganiga qaramasdan, ularning eksportini rekord darajaga yetkazdi

    27.01.2022, 21:09

    O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 2021-yilda 7,4 foizga o‘sdi

    27.01.2022, 16:56

    O‘zbekistonda mayda pullar kamayib ketmoqda. Bunga sabab nima?

    27.01.2022, 07:10

    O‘zbekiston 2021-yilda nimalar sotib oldi va sotdi?

    22.01.2022, 13:13

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” yana 35 mlrd dollardan oshdi. Bu nimani anglatadi?

    19.01.2022, 07:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.