• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    2022-yilda oltin narxlari qaysi tomonga o‘zgaradi va bu O‘zbekistonga qanday ta’sir o‘tkazadi?

    Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, 19-yanvar kuni oltin narxi noyabr oyining o‘rtalaridan beri maksimal darajagacha ko‘tarilgan. Bir unsiya bahosi bir kunda 27 dollardan 1840 dollargacha  qimmatlashgan, 20-yanvar kuni sotuvlar boshida esa oltin narxi bir unsiya uchun 1844,15 dollarga yetgan.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Oltin narxini belgilovchi omillardan biri Amerika regulyatori siyosati hisoblanadi. AQShning Federal zaxira tizimi rahbarlari o‘zlarining oxirgi bayonotlarida joriy yilda uchta asosiy stavkaning oshishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.

    Jahon oltin kengashi (WGC) tahlilchilarining qayd etishlaricha, boshqa regulyatorlar bunday qat’iy yo‘l tutmaydi.

    Masalan, Yevropa markaziy bankining ta’kidlashicha, 2022-yilda ular uchun foiz stavkalarini oshirish inflyatsiya haqidagi rekord darajali so‘ngi ma’lumotlarga qaramasdan “ehtimoldan juda yiroq”dir.

    Angliya banki dekabrda foiz stavkalarini oshirdi, ammo uning Pul siyosati bo‘yicha kengashi kelgusida  narxlarni minimal darajada ko‘tarishni rejalashtirayotganga o‘xshaydi, deyiladi WGC hisobotida.

    Xitoy xalq banki tijorat banklarining majburiy zaxira normalarini kamaytirishi bilanoq, mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyatni yumshatish uchun dekabr oyida asosiy hisob stavkalaridan birini qisqartirdi.

    Shuningdek, kengashning ta’kidlashicha, ba’zi markaziy banklar tomonidan narxlarning oshirilishi ehtimoliga qaramasdan, narxlar baribir past bo‘lib qolaveradi, natijada sifatli likvid aktivga, masalan, oltinga bo‘lgan talab oshadi.

    Tarixdan olib qaralganda, oltin yuqori inflyatsiya sharoitlarida o‘zini yaxshi ko‘rsata oladi. Inflyatsiya 3 foizga yetgan yillarda oltin narxi o‘rtacha 14 foizga ko‘tarilgan, — deb belgilaydi WGC.

    “Otkritie Research”ning taxminiga ko‘ra, 2022-yilning birinchi choragida oltin bozorida qizg‘in palla kuzatilishi mumkin, ammo ikkinchi chorakdan boshlab sust mavsumiy talab va AQSh davlat xazinasi qimmatli qog‘ozlarining real o‘sishi ehtimoli sabab, bir unsiya narxi yiliga o‘rtacha 1690 dollargacha pasayishi kutilmoqda (ya’ni 6,4 foizga pasayishi mumkin).

    2022-yilda oltin bozoridagi minimal qiymat uchinchi chorakning oxiri va to‘rtinchi chorakning boshiga kelib barqarorlashishi, yil so‘ngiga kelib esa yuqoriga ko‘tarilishi ehtimoli mavjud.

    Oltin O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    Oltin bo‘yicha jahon narxlari mamlakatdagi hayotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

    Birinchidan, oltin respublikaning asosiy eksport tovarlaridan biri hisoblanadi. Avvalgi yillarda uning ulushi 50 foizgacha o‘sgan edi.

    2021-yilda vaziyat o‘zgardi. Garchi oltin ulushi 24,7 foizgacha kamaygan bo‘lsa-da, u tashqi savdo-sotiqda muhim ahamiyatga egadir (hajmi bo‘yicha faqat sanoat tovarlaridan keyingi o‘rinda turadi).

    Ko‘plab oltin ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda uni mamlakatning o‘zi eksport qiladi, ammo O‘zbekistondagi yagona sotuvchi – bu Markaziy Bank (MB) bo‘lib, ishlab chqaruvchilardan (masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan) oltinni sotib oladi va uni boshqa mamlakatlarga (asosan Shveytsariyaga) eksport qiladi. Markaziy Bankda aytishlaricha, oltin, uning narxi qimmatlashgan paytida sotilar ekan.

    Ikkinchidan, O‘zbeksiton zaxiralarining katta qismi aynan oltindan iborat. Ushbu zaxiralar sug‘urta yoki “xavfsizlik yostiqchasi” hisoblanadi. Deyarli barcha mamlakatlar favqulodda vaziyatlarda kerak bo‘ladigan o‘zining zaxirasiga ega.

    Turli mamlakatlar o‘z zaxiralaridan turlicha foydalanadi. Odatda bu to‘lov balansi yetishmovchiligini moliyalashtirish, valyuta bozorida intervensiya o‘tkazish, milliy valyuta kursini saqlash, tashqi qarzni qoplash va h.k.lar bo‘lishi mumkin.

    Xalqaro tashkilotlar rivojlanib borayotgan mamlakatlarga, shu qatorda O‘zbekistonga ham 3 oylik importni moliyalashtirishga yetadigan o‘z zaxirasini saqlashni tavsiya qiladi .

    Hozirda O‘zbekistonga 15 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun 35 mlrd dollar mablag‘ yetarli. Bunday ko‘rsatkich esa ishonchli hisoblanadi.

    Uchinchidan, Markaziy Bankda ta’kidlashlaricha, qimmatbaho oltin davlat byudjeti daromadlari, shu jumladan oylik maoshlar, nafaqalar va boshqa ijtimoiy sarf-xarajatlar uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Bunday fikrni xalqaro tashkilotlar ham tasdiqlaydi. Masalan, Xalqaro valyuta fondi oltin narxining o‘zgarib turishini O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tahlikalari vaziyatlardan biri deb ta’kidlaydi.

    To‘rtinchidan, oltin narxining oshishi oltin qazib oluvchi korxonalardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining o’sishiga xizmat qiladi. Bu esa bir necha trln so‘m degani.

    Beshinchidan, oltin O‘zbekistonliklar uchun jamg‘arma va sarmoyalarning eng maqbul usullaridan biridir. Avvalroq O‘zbekistonda qanday qilib oltinni qonuniy sotib olish haqida xabar berilgan edi.

    28.01.2022, 19:38   Izoh (0)   38532
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini kamaytirganiga qaramasdan, ularning eksportini rekord darajaga yetkazdi

    27.01.2022, 21:09

    O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 2021-yilda 7,4 foizga o‘sdi

    27.01.2022, 16:56

    O‘zbekistonda mayda pullar kamayib ketmoqda. Bunga sabab nima?

    27.01.2022, 07:10

    O‘zbekiston 2021-yilda nimalar sotib oldi va sotdi?

    22.01.2022, 13:13

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” yana 35 mlrd dollardan oshdi. Bu nimani anglatadi?

    19.01.2022, 07:46

    Qozog‘iston iqtisodiyoti endi nima bo‘ladi?

    14.01.2022, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.