• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekiston yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmini kamaytirganiga qaramasdan, ularning eksportini rekord darajaga yetkazdi

    2021-yilda yengil avtomobil eksporti 10 401 taga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan yilda 10 davlatga qiymati 281,8 mln dollarga teng bo‘lgan 28 952 ta yengil avtomobil eksport qilgan. 

    Foto: UzAuto Motors

    Foto: UzAuto Motors

    Shu bilan birgalikda, ishlab chiqarish hajmi avvalgi yillarga nisbatan tushib ketdi. Misol uchun, 2020-yilda jami 23 mingta Spark avtomobili ishlab chiqarilgan edi. 2021-yilda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 9,9 mingtani tashkil qilib, 57 foizga tushdi. 

    Nexia ishlab chiqarilishi ikki barobarga, ya’ni 2020-yili 66,4 mingtadan 2021-yili 31,4 mingtaga pasaydi.

    Cobalt ishlab chiqarilishi 11 foizga qisqartirildi – o‘tgan yili kompaniya 71 mingta avtomobil ishlab chiqargan bo‘lsa, undan bir yil avval ushbu ko‘rsatkich 79,9 mingtani tashkil qilgan edi.

    Davlat statistika qo‘mitasining dekabr oyidagi ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, umumiy yengil avtomobil eksportining 90 foizdan ko‘prog‘i Qozog‘istonga tegishli bo‘lib qolmoqda. Qo‘shni respublikada Chevrolet Hyundai bilan, Cobalt esa Accent bilan raqobatlashadi.

    Eksport qilinayotgan avtomobillar Rossiya va Qozog‘iston bozorida bir necha yillardan beri mavjud. Jumladan, Cobalt rusumidagi avtomobillar Rossiya bozorida 923 900 rubl (127,8 mln so‘m)dan boshlab sotilayotgan bo‘lsa, Qozog‘istonda bu narx 5,49 mln tenge yoki 136,4 mln so‘mga teng. UzAuto Motors saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Cobalt O‘zbekistonda 97 mln so‘mdan boshlab sotilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘nggi yillarda eksport bilan nima sodir bo‘lmoqda?

    Ko‘p yillar davomida O‘zbekiston avtomobillari yirik eksport bozorlarida eng arzon avtomobillardan biri bo‘lib kelgan. 2018-yilning yozida Spark va Nexia Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobil deb topildi. Ularning narxi esa mos ravishda 6900 va 7100 dollarni tashkil qildi.

    O‘sha yilning iyun oyida prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatini keskin tanqid qilgan edi. 

    Avgust oyiga kelib O‘zbekistonda ham, xorijda ham avtomobillar savdosi to‘xtatildi. Xuddi shu oyning oxirida ular faqat ichki bozorda qayta sotila boshladi.

    Noyabr oyidan boshlab o‘zbek avtomobillari eksporti avvalgi narxidan ancha qimmatroq bo‘lib qayta tiklandi. Shundan so‘ng Qozog‘istonda Nexia va Ravon narxi deyarli 5 ming dollarga qimmatlashdi.

    2021-yilda eksport oxirgi 6 yil ichida rekord darajaga yetdi. Avvalgi eng yaxshi natija 2017-yilda qayd etilgan bo‘lib, 26 849 donaga teng edi. Bu borada eng past ko‘rsatkich 2018-yili 4 827 dona bilan qayd etilgan. Yuqorida keltirilganidek, o‘sha yili 3 oy davomida avtomobillar eksporti to‘xtatilgan edi. 

    Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, 2021-yil barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi yil bo‘ldi:

    Foto: Foziljon Kambarov

    Foto: Foziljon Kambarov

    O‘sish nafaqat narxlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq, balki bu yillarda model diapazoni ham o‘zgargan. So‘nggi yillarda, asosan, Cobalt eksport qilinmoqda, u Rossiyada ham, Qozog‘istonda ham hech qachon eng arzon xorijiy avtomobillar qatorida bo‘lmagan.

    27.01.2022, 21:09   Izoh (0)   20352
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 2021-yilda 7,4 foizga o‘sdi

    27.01.2022, 16:56

    O‘zbekistonda mayda pullar kamayib ketmoqda. Bunga sabab nima?

    27.01.2022, 07:10

    O‘zbekiston 2021-yilda nimalar sotib oldi va sotdi?

    22.01.2022, 13:13

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” yana 35 mlrd dollardan oshdi. Bu nimani anglatadi?

    19.01.2022, 07:46

    Qozog‘iston iqtisodiyoti endi nima bo‘ladi?

    14.01.2022, 22:15

    Oltin vasvasasi: qo‘lbola usulda qazib olishning qonuniy tartibi qanday va bu bilan kimlar shug‘ullanmoqda?

    10.01.2022, 16:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.