Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Nurobod tumani hokimining farmoyishi bilan IT-tanlovda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun Navro‘zbek Jaloliddinovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy jazolar) 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgandi.
Shuningdek, Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi bosh mutaxassisi Asliddin Dangalov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham 17-yanvardan e’tiboran bekor qilingan.
Keyinchalik IT Park g‘olibga berilgan noutbuk yangisiga alishtirib berilganini ma’lum qildi.
Izoh (0)