Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi o‘quvchi “Bir million dasturchi” loyihasida birinchi o‘rin olgani va unga ishlatilgan noutbuk sovg‘a qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Holatni o‘rganish davomida jurnalistlarga “bolaga tarbiya bermoqchi bo‘lsak, uning o‘z haqqini talab qil deb o‘rgatmaslik kerak”, deb aytgan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Roziqov vazifasidan ozod etildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘basi mudiri Xurshid G‘oziyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi joriy yil 18-yanvaridan e’tiboran bekor qilingan. Bunga Xurshid G‘oziyevning arizasi asos qilib olingan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid G‘oziyev “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib, sovg‘aga eski noutbuk olgan Sardor Sattorovning videomurojaati yuzasidan o‘rganish olib borgan ishchi guruh va jurnalistlarga bolaga tarbiya bermoqchi bo‘linsa, unga o‘z haqqini talab qil deb o‘rgatmaslik kerakligini bildirgan.

“Biz bunaqa yo‘nalishni tanlamasligimiz kerak. Har bitta ota-onaga, boshqa jurnalist va blogerlarga tavsiyam: bolaga ertaga o‘zingni haqqingni talab qil, mana bunaqa ishlarni amalga oshir emas, yaxshi-yaxshi yo‘llarni o‘rgatsak, ular ertaga kelajakda o‘z o‘rnini topib ketadi. Bunaqangi yo‘l bilan haqqini ajratib olishni men to‘g‘ri deb o‘ylamayman”, — deb aytgan edi viloyat XTB bo‘lim boshlig‘i Xurshid G‘oziyev.

Xurshid G‘oziyevning bu gapi ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘pchilik pedagogning bu fikrlariga e’tiroz bildirgan.

Ma’lumot uchun, Nurobod tumanning 41-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sardor Sattorov “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasining viloyat bosqichida 1-o‘rinni olishiga qaramay, unga 3-darajali diplom hamda ishlatilgan (eski) noutbuk sovg‘a qilingan. “Bu nomardlar eskini berguncha bitta kitob bilan diplom bersa bo‘lmasmidi? Changini ham artmagan buni, kim bilan necha yildan beri chang bosib yotgan. Shunchalik ham nomardlik bo‘ladimi?”, — degan o‘quvchining bobosi.

Nurobod tumani hokimining farmoyishi IT tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlashda mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Navro‘zbek Jaloliddinovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi (intizomiy jazolar) 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, Nurobod tumani Xalq ta’limi bo‘limi ta’lim jarayoniga AKTni joriy etish sho‘’basi bosh mutaxassisi Asliddin Dangalov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham 17-yanvardan e’tiboran bekor qilingan.

Keyinchalik IT Park g‘olibga berilgan noutbuk yangisiga alishtirib berilganini ma’lum qildi.

“Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, Nurobod tuman XTB mudiri va tuman hokimi o‘rinbosari ham lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda