O‘zbekiston va dunyoning turli nuqtalaridan olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Yuqori Chirchiq tumani “Gulbog‘” mahallasining Saxiy ko‘chasi bo‘ylab ketayotgan uch otliq.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Yuqori Chirchiq tumani “Gulbog‘” mahallasi Saxiy ko‘chasining yomg‘irdan so‘ng ko‘lmak bo‘lib qolgan o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarida yurib ketayotgan avtomobil, velosiped hamda bolalar.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash vazifasini qo‘ydi
Yuqori Chirchiq tumanidagi uylardan biri yonida turgan buvi hamda nabira.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Yuqori Chirchiq tumani “Gulbog‘” mahallasining Saxiy ko‘chasi bo‘ylab velosipedda ketayotgan yo‘lovchi.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Mavzuga doir: “Bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar yili bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev
Yuqori Chirchiq tumani “Gulbog‘” mahallasidagi xonadonlardan birining yonida o‘ynab o‘tirgan bolakay.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Qo‘qon bozoridagi do‘ppi sotayotgan ayol. Har safar shu ayolni sheriklari bilan bejirim qo‘qon do‘ppilarini sotayotganini ko‘rish mumkin.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: “Endi savolingizni ham do‘ppida berasiz”. Ozodbek Nazarbekov yoshlar bilan uchrashuv davomida cho‘ntagidan do‘ppi olib kiydi
Qo‘qon shahri bo‘ylab kunlik ishlarini velosipedda yurib hal qilayotgan otaxon. Vodiyliklar orasida yoshi kattalar, asosan, velosiped minadi.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Mavzuga doir: O‘zbekistonda “1hls” platformasida kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan berish to‘xtatildi
Yo‘lovchi avtobusida orqa o‘rindiqda o‘tirib ketayotgan erkak. Qo‘qonda odatda avtobusga bir xil tartib bilan o‘tirishadi — oldi eshikdan faqat ayollar, orqa eshikdan erkaklar chiqadi.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Qo‘qondagi xonadon va ko‘p qavatli uyga o‘rnatilgan sun’iy yo‘ldosh antennalari.
Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova
Yaponiyaning Xokkaydo orolidagi parkda o‘tirgan uzun dumli chittak. “Qor parisi” deb ham ataladigan 14 santimetr uzunlikdagi qush yapon ijtimoiy tarmoqlarida mashhur bo‘lib, foto ixlosmandlarining sevimlisiga aylangan.
Foto: EPA
Hindistonning Kalkutta shahridagi kinoteatrda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Mamlakatini Rossiyadan himoya qilish uchun qaytgan sobiq prezident, Boliviyada e’lon qilingan salib yurishi, harbiylarga qarshi chiqqan odamlar. 17-yanvar suratlari
- Eshikdan mo‘ralayotgan lo‘lilar, pravoslavlar nishonlagan eski Yangi yil, havodagi burgutlar olishuvi. 14-yanvar suratlari
- Farg‘onadagi ulkan bayroq, qorga botgan Saxalin, qayta tiklanayotgan Qozog‘iston. 13-yanvar suratlari
- Shahrixondan poytaxtga piyoda kelayotgan murabbiylar, muz haykallari ko‘rgazmasi, Toshkent markazidagi artilleriya. 12-yanvar suratlari
- Lochin ovi chempionati, buzilish xavfi ostidagi to‘g‘on, qutbdagi ilk tong. 11-yanvar suratlari
- Moskvadagi Tesla shou, 56 metrlik qog‘ozga yozilgan “Mulk” surasi, samolyotga urilgan poyezd. 10-yanvar suratlari
- Maktabdagi yolg‘iz o‘quvchi, raqs tushayotgan shimol yog‘dusi, chiqindixonadagi fillar. Hafta suratlari