Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Moskvadagi Tesla shousida chiqish qilayotgan kaskadyor.
Foto: “TASS”

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimligi binosi to‘g‘risida bayramlarda foydalanish uchun chiroqlar bilan yasatilgan rangli daraxt.
Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Tokioliklar yangi yilni sog‘lom tarzda o‘tkazish uchun muzdek suvli hovuzda duo qilmoqda.
Foto: Getty Images

Andijon halqa yo‘li bo‘yida sotilayotgan qovunlar.
Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Meksikada koronavirus kasallanish holatlari bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi. O‘tgan kun davomida mamlakatda 30 371 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi. Bugungi kunga qadar mamlakatning 72,85 million aholisi emlashning to‘liq kursini tamomlagan.
Foto: EPA

Samarqandda 56 metrlik qog‘ozga “Mulk” surasini yozayotgan otaxon. Kalligrafiya san’ati.
Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Qozog‘istonning Moskvadagi elchixonasi oldida mamlakatdagi tartibsizliklarda halok bo‘lganlar uchun milliy motam kunida gul qo‘yayotgan ayol.
Foto: EPA

Samarqanddagi maqbara yonida o‘zbek milliy liboslarini kiyib rasmga tushayotgan chet ellik sayyohlar.
Foto: “Daryo” / Sevara Mirzarahimova

Kuala-Lumpur Yangi oy yilini nishonlash uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Foto: “TASS”

Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Dakar-2022 rallisining sakkizinchi raundida qatnashayotgan Hero Motosports jamoasining portugaliyalik haydovchisi.
Foto: EPA

Sudan xalqi Xartumdagi harbiy to‘ntarishga qarshi namoyishga chiqdi.
Foto: EPA

Pekinda Yozgi saroy yaqinida konkida uchish maydoni ochildi.
Foto: Getty Images

Samarqanddagi Islom Karimov haykali yaqinida suratga tushish uchun kelgan yangi kelin-kuyov.
Foto: “Daryo”/ Sevara Mirzarahimova

Bolgariyaning Ribnovo qishlog‘ida Pomaklarning milliy uslubdagi to‘yi.
Foto: Getty Images

Xitoyning Nantong shahrida joylashgan yovvoyi tabiat bog‘idagi oq yo‘lbars.
Foto: “TASS”

Nyu-Yorkning Bronks okrugidagi 19 qavatli turar joy binosida sodir bo‘lgan yong‘inda 19 kishi, jumladan, to‘qqiz bola halok bo‘ldi.
Foto: EPA

Yaponiyada Voyaga yetganlik kuni nishonlandi. Bayram o‘tgan yilning 2-aprelidan joriy yilning 1-apreligacha balog‘at yoshiga yetgan yoki yetadigan barcha yoshlarni tabriklash va rag‘batlantirish hamda ularning voyaga yetganliklarini anglashlariga yordam berish maqsadida o‘tkaziladi.
Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning Derbishir grafligidagi Sparroupiet shahrida qorli xiyobonda sayr qilib yurgan odam.
Foto: Reuters

Kaliforniyada temiryo‘lga qulagan shaxsiy samolyotni poyezd urib ketdi.
Foto: Reuters

Braziliyaning Para shtatida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqini paytida uyini kanoyeda tark etayotgan ayol.
Foto: Reuters

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent xalqaro aeroportida sumka va kolyaskada qariyb 1,2 kg tilla buyumlarni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Mahalliy
Jizzaxda aliment pulini undirish uchun borgan MIB xodimi pichoqlandi
Dunyo
Bangladesh talabalari yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdi