Daryo

“O‘zgidromet” Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirdi

Shuningdek, dovon yo‘lida tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi mumkin

1 daqiqa o‘qish79 680 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Hayot Shamsutdinov

“O‘zgidromet” 19-yanvar kuni Qamchiq dovoni yo‘lida haydovchilar uchun noqulay ob-havo yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi.

Foto: “Daryo” / Hayot Shamsutdinov

Qayd etilishicha, shu kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq “O‘zgidromet” respublikaning tog‘li hududlarida 19-yanvargacha qor ko‘chishi xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi. Mavzuga doir: 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar