• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Soliq yukining oshirilishi narxning ko‘tarilishiga ta’sir qilmaydi” — Sherzod Kudbiyev

    O‘zbekistonda soliq yukining oshirilishi halol ishlab kelayotgan tadbirkorlarga foyda bo‘ladi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 17-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan soliq ma’muriyatchiligidagi yangiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Sherzod Kudbiyev yig‘ilganlarga aksariyat kichik korxonalar yillar davomida mol-mulkini qayta baholamay kelganligi natijasida ko‘chmas mulkining qoldiq qiymati “past” yoki “nol” bo‘lganligi, shu bois, minimal qiymat asosida soliq hisoblanganda ushbu obyektlar uchun soliq yuki ortishi kuzatilayotganini ma’lum qildi.

    Ta’kidlanishicha, 41 mingta obyekt qayta baholanmaganligi sababli ularning qiymati bozor bahosiga nisbatan kam ekanligini ko‘rsatib turibdi.

    Bundan tashqari, mulklarini bozor narxlariga yaqinlashtirish maqsadida qayta baholab kelgan 21,5 mingta soliq to‘lovchida stavkaning pasayishi (2 foizdan 1,5 foizga) hisobiga soliq summasi kamaytirilayotgani aytildi.

    Jurnalistlar bilan savol-javob vaqtida DSQ raisiga jurnalistlardan biri poytaxtda 500 kvadrat metrlik yeri va 500 million so‘mlik binosi borligi hamda u yerda ishlab chiqarish bilan shug‘ullanilishi haqida aytdi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, u 2 foizlik soliq to‘lovida 10 million so‘m soliq to‘lar edi.

    “Hozir sizlar 1,5 foizga kamaytirib, kvadrat metrni 2,5 millionga chiqarib qo‘ygandan keyin men yiliga 18,5 million so‘m to‘layman yiliga. Hozir siz 40 mingdan oshiq tadbirkorda soliq foizi ko‘payganini aytdingiz. Endi mening o‘sha yerda ishlab chiqaradigan mahsulotimning narxiga ta’sir qiladi. Siz aytgan 40 mingdan oshiq solig‘i ko‘payganlar narxni oshirmaydimi? Shu narx balandlashi oqibatida insonlar qiynalib qolmaydimi?”, — deya savol qo‘ydi jurnalist.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev esa mazkur savolga shunday javob berdi:

    “Xuddi shu savolning teskarisi bor. 21 ming nafar to‘g‘ri ishlab kelayotgan tadbirkorning aybi nimada? Ular o‘z vaqtida ko‘rsatib kelyapti mulkini. Men sizning Toshkent shahridagi 500 kvadrat metrlik mulkingiz 500 million so‘m turishiga ishonmayman. Buning qiymati yuqoriroq turadi. O‘sha kattaroq qiymatdan to‘lash kerak. Chunki masalan yoningizda shunaqa ishlab chiqaruvchi sex bor, u halol va katta qiymatni ko‘rsatib kelyapti. U o‘zining mahsulotining narxiga katta qiymatni qo‘yib kelyapti. Va katta qiymatni qo‘yib kelishi natijasida o‘sha mahsuloti siznikidan qimmatroq bo‘lib qolyapti. Siznikidan qimmatroq bo‘lganidan keyin, u ham halol ishlab, ham bozorda raqobatda sizga yutqazyapti. Bu adolatlimi?”.

    Sherzod Kudbiyev binolarning qiymatini qayta hisoblab vaqtida ko‘rsatib borish kerakligi haqida gapirdi.

    “Lekin vaqtida ko‘rsatilmadimi, muammolarga duch kelinadi. Shunda ham 2,5 million so‘m bozor qiymati emas, Toshkent shahrida erkin bozor narxi bir kvadrat metrga 6 million so‘m. Biz bungacha yetib borganimiz yo‘q. Mening fikrimcha, soliq yukining ko‘tarilishi hajm nuqtai nazaridan va mol-mulk solig‘ini tannarxdagi ulushi nuqtai nazaridan juda kichkina ulushda va ta’sir qilmaydi. Ikkinchidan, halol ishlab kelayotgan tadbirkorlarga bu foyda bo‘ladi. Ya’ni avvaldan to‘g‘ri ishlab kelgan tadbirkorlarning raqobatbardoshligi oshadi”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

    17.01.2022, 17:19   Izoh (0)   19280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga xorijiy sayyohlarni olib keladigan charter reyslarga to‘lanadigan subsidiya miqdori kamaytirildi

    17.01.2022, 16:55

    Toshkentda otasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘il 2 yil-u 6 oyga qamaldi

    17.01.2022, 16:29

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi

    17.01.2022, 16:19

    O‘zbekistonga 310 ming dozadan ortiq Pfizer vaksinasi olib kelindi

    17.01.2022, 15:58

    UzAuto Motors aksiyalari birja orqali sotiladi

    17.01.2022, 15:24

    O‘zbekistonlik ekologlar boshpanasiz hayvonlar bilan ishlashni takomillashtirishga oid prezident qarori loyihasini tayyorlamoqda

    17.01.2022, 15:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.