• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda moliyaviy piramidani qanday aniqlash mumkin? Firibgarlikning aniq belgilari

    Kuni kecha Toshkentda yiliga 260 foizgacha foyda ko‘rishni va’da qilgan Golden Cash Store moliyaviy piramidasi tafsilotlari oshkor qilingani haqida xabar berilgan edi.

    Golden Cash Store kompaniyasi hujjatlarda ulgurji savdo bilan shug‘ullanishi ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramasdan, amalda O‘zbekiston fuqarolariga oltin va kumush buyumlarini sotib, ularning pullarini korxonaga ishlab chiqarish uchun sarmoya kiritishini taklif qilgan.

    Kompaniya hissa qo‘shishning bir nechta: haftalik 2−3 foiz, oylik 40 foiz va yillik 262 foizlik daromad keltiradigan variantlarni taklif qilgan. Pullar ochilgan plastik kartalarga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.

    Bundan tashqari, mijozlar Gold, Platinum toifalariga ajratilib, ularga qimmatbaho sovg‘alar, iPhone va avtomobil va’da qilingan, biroq yakunda fuqarolar hech narsa olishmagan.

    Natijada bir necha ming fuqaro tashkilotchilarning takliflarini qabul qilib, ularga qiymati 100 mingdan 10 minggacha bo‘lgan oltin va kumush buyumlar, shuningdek, boshqa mol-mulkni ham topshirgan.

    Bunaqa ahvolga tushib qolmaslik uchun “Daryo” moliyaviy piramida nimaligi va uni qanday tanish mumkinligi haqida ma’lumot beradi.

    Moliyaviy piramida haqida

    Moliyaviy piramida — firibgarlik asosiga qurilgan loyiha bo‘lib, xuddi foydali investitsiyaday ko‘rinadi. Pullar doimiy yangi ishtirokchilarni jalb qilish evaziga beriladi. Ishtirokchilar ham pul tikib, loyihaga yangi a’zolar qo‘shadi — piramida o‘sib boraveradi.

    Bu orada, “piramidaning uchi”, albatta, sezilarli foydaga ega bo‘lishi mumkin. Ammo, pastdagilar hech nima qo‘lga kiritmaydi. Ular soddalik bilan o‘zlaridan bir pog‘ona yuqoridagilarga pul tikkani qoladi, xolos.

    Zamonaviy piramidalar tez sur’atlarda o‘sib boradi: agressiv reklamalar, mo‘jizaga ishonuvchilardan pul yig‘ish va shu bilan tamom (tugadi). Tashkilotchilar yangi joyda yana bir investitsiya loyihasini ochish uchun avvalgi tuzoqqa ilingan omonatchilarning pullari bilan qamoqqa tushguniga qadar yashirinib yuradi.

    Moliyaviy piramidalar soni yildan yilga o‘zgarib boradi. Ammo yo‘q bo‘lib ketmaydi. Biri tugatiladi, yangisi ochiladi.

    Foto: “Finansovaya kultura”

    Foto: “Finansovaya kultura”

    Piramida xuddi katta tushumli investitsiyadek ko‘rinadi

    Hamma firibgarlar ham o‘z faoliyatini moliyaviy piramida, deb aytavermaydi (shunisi bilan ham ular firibgar).

    Ko‘pincha ular o‘zini investitsion korxona sifatida ko‘rsatadi. Ular yorqin va e’tiborni tortadigan nomlar bilan paydo bo‘ladi: istiqbolli biznes, yuqori texnologiyali kompaniya, innovatsion loyiha...

    Ular aksiya va obligatsiyalar, kriptovalyuta va ko‘chmas mulk sotib olishni taklif qiladi. Pullarni katta, foydali qurilish va qishloq xo‘jaligiga, oltin qazib olish yoki IT-startaplariga sarmoya sifatida kiritilishiga va’da beradi.

    Yuqori tushumli ishlab chiqarishga investitsiya qilishni targ‘ib qiladi. Yangi jalb qilinayotgan ishtirokchi shuncha omadli biznesmenlar bilan hamkorlik qilishini eshitib, boshi aylanib qoladi.

    Firibgarlar ba’zan tashkilotning boshqa a’zosi — kompaniya boshqaruvchisi, iste’mol kooperativi, bukmeyker ko‘rinishidagi niqob ostiga ham yashirinadi. Ular hech qachon to‘lovlarni naqd pul ko‘rinishida va’da qilmaydi.

    Masalan, ular yangi ishtirokchiga kruizda yarim narxiga sayohat qilish, boshqa davlatlarga sayohat qilish, tilla buyumlarni sotib olish evaziga keshbek olish, hatto boshqa qarzdorlarni olib kelishi evaziga mavjud kreditlarini yopib berishni ham taklif qilishi mumkin.

    Bugungi kunda piramidalar ko‘proq internet loyiha ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Lekin onlayn reklamalarda faollik qilib, potensial investorlar bilan shaxsiy muloqotni umumlashtirayotgan “biznesmenlar” ham mavjud.

    Piramida quruvchilari ijtimoiy tarmoqlardagi tematik guruhlarda yorqin reklama, shahar markazidan chiroyli va qulay ofislar taklifi bilan yangi a’zolarni jalb etadi.

    Shunday yolg‘on va’dalarga uchgan ko‘pchilik uning qarshisida haqiqiy kompaniya yoki moliyaviy “pufak” turganini farqlay olmaydi.

    Moliyaviy piramidani qanday tanish mumkin?

    Moliyaviy piramida quruvchilarini aniqlashda yordam beruvchi bir nechta belgilar mavjud.

    Kompaniya fuqarolardan pul jamg‘aruvchi faoliyat bilan shug‘ullanishi haqida bank litsenziyasiga ega bo‘lmaydi

    Bunday kompaniyalar odatda ularning faoliyati litsenziya talab qilmasligi, ular “maxsus” faoliyat bilan shug‘ullanishini ta'kidlaydi.

    Aslida esa qonun bilan tartibga solinishi kerak bo‘lgan faoliyat turi bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun agar kompaniyaning bank yoki Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan litsenziyasi mavjud bo‘lmasa – bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak.

    Hech qanday zararlarsiz (xavfsiz) katta foyda va’da qiladi

    Tashkilot faol reklamada bo‘ladi va omma oldida qo‘shni bozor darajasidan ancha baland, quloq eshitmagan daromadni va’da qiladi.

    Odatda bunday bayonotlar moliya bozorida taqiqlanadi. Shu bilan birga, daromadni hisoblash sistemasi juda murakkab va tushunarsiz bo‘ladi.

    Hisoblashda adashtirib yuborish uchun qiyindan qiyin, uzoq formulalar beriladi. Xavf yo‘qligiga ishontiradi. Lekin bunaqasi bo‘lmaydi – haqiqiy moliya bozoridagi istalgan investitsiya ma’lum darajada foyda berishi yoki aksincha, yo‘qqa aylanishi mumkin.

    Yangi mijozlar olib kelish sharti qo‘yiladi

    Har bir ishga jalb qilingan omonatchi hisobidan foyda undirib berilishi va’da qilinadi. Shunday qilib, jinoyatchilar imkon qadar ko‘proq odamni o‘zining firibgarligiga jalb qilishga, ulardan pul yig‘ishga, so‘ngra tezroq yashirinishga urinadi.

    Tizimning shaffof emasligi. Kiritilgan investitsiyalar tasdiqlanmaydi va pullar aynan qayerga ketishini bilishning imkoni yo‘q

    Mijozga chiroyli taqdimotlar ko‘rsatiladi-yu, moliyaviy hujjatlarni ko‘rishga berilmaydi. Pullarni kompaniya bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan rekvizitlar orqali emas, boshqa yuridik shaxs hisobiga o‘tkazish so‘raladi.

    Ba’zan ular pulli o‘tkazmalarni qandaydir bank kartasiga yoki jismoniy shaxsning telefon raqami orqali begona elektron yoki kriptohamyonga yuborishni so‘raydi.

    Yoki naqd pul ko‘rinishida to‘lash so‘raladi va to‘lov haqida chek ham, tushumni tasdiqlovchi hujjat ham berilmaydi. Yakunda esa investor hech qanday yo‘l bilan investitsiya kiritganini isbotlolmaydi.

    Kompaniya saytida aloqa uchun hech qanday raqamlar bo‘lmaydi

    Kompaniya saytida na telefon raqami, na elektron pochta manzili, na pochta manzili ko‘rsatiladi. Ishtirokchi faqat chatlar yoki messenjerlar orqali operatorlar bilan bog‘lanishi va qayta aloqaga chiqishlarini aytishi mumkin.

    U kompaniya haqida boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar bo‘lmaydi. O‘zining kontakt-ma’lumotlarini faqat firibgarlargina yashiradi. Muammo yuzaga kelganida esa na jabrlanuvchi, na militsiya xodimlari yolg‘onchini topa oladi.

    Shu belgilardan bittasiga bo‘lsa-da duch kelinsa, ro‘parada kim turgani haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish zarur.

    Yuqorida ommalashgan sxemalargina keltirildi. Ammo vaqt o‘tgani sari piramida uslublari ham o‘zgarib, ko‘payib boraveradi.

    Masalan, noyob tovar, o‘zimizdan misol keltiradigan bo‘lsak, sizga 100 dollarga sotilib, bir yildan so‘ng 1000 dollardan sotib olinishi aytilgan straus (tuyaqush)lar paydo bo‘ldi.

    Boshida kimdir ularni 100 dollardan sotgan pullari evaziga ko‘proq sotib olgan bo‘lishi mumkin. Ammo oxirida o‘zidan boshqasiga kerak bo‘lmagan va bozor narxidan bir necha barobar qimmatga sotib olingan strauslar fermasi bilangina qolgan.

    Yana bir bor ta’kidlash joizki, barcha shu kabi sxemalar tezda pul topishni reja qilgan, biroq iqtisodiy bilimga deyarli ega bo‘lmaganlarni ko‘zda tutgan holda yaratiladi.

    Shuning uchun bunday takliflarni qabul qilishdan avval haqiqiy investitsiya va piramidalarning farqiga boruvchi soha mutaxassislari bilan maslahatlashishni yodda tutish kerak. Bu sohadan xabardor tanishi bo‘lmaganlarga esa Google ham ma’lum darajada yordam bera oladi.

    Mijozning uyiga borib, o‘ylab olishiga, tanishlari bilan maslahatlashishiga va internetdan tekshirib olishiga vaqt bermay, tezroq qaror qabul qilishi kerakligi aytilgan takliflar shubhalanishga yetarli sabab bo‘ladi.

    Shubhali foizlar qanday bo‘ladi?

    Piramidaning asosiy maqsadlaridan biri — yangi mijozlarni doimiy ko‘paytirish. Shuning hisobidan avvalgi mijozlarga ulush — foiz to‘lanadi. Demak, ular 50, 60, hatto 100 foiz daromad ham taklif qilishga tayyor bo‘ladi.

    Umuman olganda, bu juda individual masala. Aslida iqtisodiyotda hammasi oson — foiz qanchalik katta bo‘lsa, risk shunchalik baland. Eng yaxshisi, o‘rtacha foizlardan keskin oshmasligi inobatga olinishi kerak.

    Masalan, bugun banklarda yillik 21-25 foiz daromadli depozitlar bor. Taklif qilinayotgan foizlar shundan qancha katta bo‘lsa, xavf shuncha baland.

    Ammo bugun piramidalar turli shaklda bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, 70 foiz daromad — piramida, 50 foiz — piramida emas, deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Yaxshisi, mutaxassis bilan maslahatlashish va litsenziyalarini tekshirish — eng to‘g‘ri yo‘l sanaladi, deydi Daryo bilan suhbatlashgan mutaxassis.

    Piramidaning asosida turgan yoki shunday quruvchilarga havas qilayotganlar uchun esa eslatma — O‘zbekistonda pul mablag‘lari va boshqa mol-mulklarni jalb qilish bo‘yicha noqonuniy faoliyat olib borganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

    16.01.2022, 11:06   Izoh (0)   34764
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana ortdi. So‘nggi sutkada 912 kishida kasallik tasdiqlandi

    16.01.2022, 10:21

    O‘zbekistonda “snos”lar bilan bog‘liq tartib o‘zgartirildi

    16.01.2022, 10:11

    Quvalik ota farzandi uchun aliment o‘rniga xonadon berdi

    16.01.2022, 09:50

    Toshkentda boshqa avtomobilning davlat raqamini taqib yurgan Nexia aniqlandi

    16.01.2022, 09:30

    O‘zbekistonda “1hls” platformasida kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming so‘mdan berish to‘xtatildi

    16.01.2022, 08:49

    Toshkentda taksiga o‘tirgan yo‘lovchining 800 dollarini olib qo‘ygan shaxslar ushlandi

    16.01.2022, 08:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.