• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Umra ziyorati qachondan boshlanishi va uning narxlari haqida ma’lumot berildi

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Saudiya Arabistonidagi “Abu Sarhad” hamkor shirkati bilan Umra – 2022 mavsumini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzgani haqida xabar berilgandi.

    Musulmonlar idorasining ma’lum qilishicha, shundan so‘ng hududlarda pandemiyadan oldin navbatda turgan fuqarolar ro‘yxatlarini shakllantirish, aviaqatnov jadvallarini ishlab chiqish, qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirish va ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi umra ziyorati bo‘yicha bir qator savollarga javob berdi.

    Umra safari qachondan boshlanadi?

    — Alloh nasib etsa, 2022-yil 22-yanvar kuni birinchi reysni Saudiya Arabistoniga uchirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shundan so‘ng 25, 28-yanvar kunlari ham navbatdagi reyslar amalga oshiriladi. Kelgusida muborak safarga reyslar sezilarli darajada oshirib boriladi, inshaalloh.

    Boshlanayotgan umra safariga qachon ro‘yxatga yozilgan fuqarolar jo‘natiladi?

    — Joriy umra mavsumida birinchi navbatda pandemiyadan oldin, ya’ni 2020-yil fevral oyi oxiriga qadar umra ziyorati uchun to‘lovlarni amalga oshirib, safarga bora olmagan fuqarolar yuboriladi.

    Umra to‘lovi qancha etib belgilandi?

    Qayd etganimizdek, pandemiyadan oldin, ya’ni 2020-yil fevral oyiga qadar umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan to‘lovlarni amalga oshirganlar qo‘shimcha ravishda 4 770 000 so‘m mablag‘ to‘laydi. Ushbu qo‘shimcha to‘lovni belgilashda, mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda o‘rindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish, o‘rnatilgan boshqa karantin tartib-qoidalarni ta’minlash, 15 foiz Saudiya QQS solig‘i kabi sarf-xarajatlar ham hisobga olingan. Shuningdek, Makka va Madina shaharlarida eng zamonaviy mehmonxonalar ziyoratchilarimizga xizmat qiladi.

    Mazkur to‘lovlarni amalga oshirishda ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida, “Aloqabank” ATning barcha filiallarida har kuni, hatto shanba va yakshanba kunlari ham qabul qilinadi.

    Ziyoratchilar uchun qaysi vaksina bilan emlanish talab etiladi?

    — Umra safariga boruvchi fuqaro COVID-19’ga qarshi Astra-Zeneca, Moderna, Pfizer yoki Jonson & Jonson vaksinalari bilan to‘liq emlanib, sertifikatga ega bo‘lishi lozim. Talab qilingan vaksinalarni emas, balki “Sputnik V” va O‘zbekiston-Xitoy kabi vaksinalar bilan to‘liq emlangan fuqarolar yuqorida sanalgan vaksinalaridan biri bilan 1-marta emlanishi kifoya qiladi.

    Saudiya Arabistonida umra amalini ado etish qilish uchun dastur orqali navbatga turish tartibi qanday?

    – Har bir ziyoratchida smartfon (Samsung, iPhone yoki boshqa turdagi sensor) telefoni bo‘lishi talab etiladi. Android telefon uchun PlayMarket va IOS mobil qurilma uchun “AppStore”dan “توكلنا” (“Tawakkalna”) va “اعتمرنا” – (“Eatmarna”) elektron dasturlari yuklatilgan bo‘lishi lozim. Mazkur dasturlar telefonda “geolokatsiya” va “internet” yoqilgandagina ishlaydi. Bu dasturlar ziyoratchi Saudiya Arabistoni davlat chegarasidan o‘tib, Madina shahrida tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirilgandan keyingina ishga tushadi.

    Ziyoratchi Saudiyaga yetib borishi bilan Saudiya mobil aloqa operatori sim kartasini xarid qiladi va internet to‘plamini ishga tushiradi. Sim kartani aeroportda yoki Madina shahridagi mehmonxonada xarid qilish mumkin bo‘ladi.

    “Umra qilish mobil dasturi” ziyoratchiga 1-martagina umra amalini bajarishga va faqat 5 mahal namozga chiqishiga ruxsat berishi mumkin. Qayta umra qilish uchun “Tawakkalna” va “Eatmarna” orqali so‘rovnoma beriladi. Tizim ruxsat bergan muddatda “Oisha ona” – Tan’iym masjididan ehromga kirib keyin yana umra amalini ado etishi mumkin.

    Saudiya Arabistonida qanday karantin talablari o‘rnatilgan?

    – Saudiya Arabistoni hududiga umra ziyorati uchun kirayotgan xorijlik fuqaro talab etilgan vaksinalar bilan emlangan bo‘lib, bu to‘g‘ridagi sertifikatga va 48 soatlik PSR testiga ega bo‘lishi, ziyoratchi o‘zi bilan 30 ta tibbiy niqob olishi (har 4 soatda almashtirish uchun) va Saudiya Arabistonida doimiy tibbiy niqobda yurishi va oraliq masofaga rioya qilinishi belgilangan. Ta’kidlash kerakki, tibbiy niqob taqmaganlik uchun 300 AQSH dollari miqdorida jarima belgilagan. Ziyoratchilar umra safari yakunida ona-Vatanga qaytishdan avval o‘z hisoblaridan Makka shahridagi mehmonxonada PSR test topshirishlari kerak bo‘ladi.

    Umra safari uchun yangi navbatlar qayerda yoziladi?

    — 18 yoshdan katta bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi umra safariga borish uchun o‘zi ro‘yxatda turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan chiqib, umra safari uchun ochilgan maxsus daftarga ro‘yxatga yoziladi va shu haqdagi ma’lumotnomani oladi. Ushbu daftar bo‘yicha navbati kelgan fuqaroni MFY tuman-shaharga tavsiya beradi. So‘ng hududdagi poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Natijalar yaxshi chiqsa, umra uchun belgilangan to‘lov summasini to‘laydi. Shuningdek, xorijga chiqish pasporti, tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, vaksina olgani to‘g‘risidagi ma’lumot va sertifikat va to‘lov qog‘ozining nusxasini taqdim qiladi.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra ziyorati uchun yengilliklar berilgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi
    • O‘zbekistonda masjidlar soni 2101 taga yetdi

    15.01.2022, 17:04   Izoh (0)   67401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hokim yordamchilariga ko‘mak berish uchun 300 nafar rahbar-xodimlar xizmat safariga yuborildi

    15.01.2022, 16:10

    Ofshor kompaniyalar “Ohangaronsement”dagi aksiyalari sotilishini e’lon qildi

    15.01.2022, 15:09

    O‘zbekistonda 75 ming gektar intensiv bog‘ va yangi uzumzorlar barpo etiladi

    15.01.2022, 14:52

    Shavkat Mirziyoyev mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilash vazifasini qo‘ydi

    15.01.2022, 14:10

    Toshkent viloyatida mashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX inspektoriga 300 dollar pora taklif qilgan haydovchi ushlandi

    15.01.2022, 13:29

    “Bu yil barcha mahallalarda tub o‘zgarishlar yili bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    15.01.2022, 12:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.