Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda — respublika hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yakshanba kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ushbu kunlarda havo harorati biroz pasayadi, yakshanba kuni 9-14 daraja iliqqacha pasayadi.

15—16-yanvar kunlari respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Yomg‘irli beqaror ob-havo keyingi haftaning boshida ham saqlanib turadi. Havo haroratining pasayishi davom etadi va qish o‘rtasi uchun kuzatilgan me’yor 5-8 daraja iliq, shimolda 3-8 daraja iliq qiymatlarga yetadi.