Daryo

“O‘zgidromet” dam olish kunlari ayrim hududlarda kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib keladi

1 daqiqa o‘qish57 096 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublika Gidrometeorologiya markazi 15—16-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, 15—16-yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 metr/sekundgacha, ayrim joylarda 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

18-yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida ham shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

15—18-yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” yanvar oyining oxirigacha qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar