Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida Yo‘l-patrul xizmati xodimi avtomobil haydovchisining mast yoki mast emasligini aniqlash uchun alkotester o‘rniga bir marotabalik stakandan foydalangani xabar qilingandi. Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining xabar qilishicha, YPX xodimiga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani, o‘rnatilgan tartibga zid ravishda xizmat olib borgan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanishi aytilgandi.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati mobaynida “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzgani uchun YPX inspektori O.E.ga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan.
Izoh (0)