• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oltin vasvasasi Navoiyni qanday egallab oldi?

    Ushbu hikoya oltin navoiyliklar hayotini qanday o‘zgartirib yuborgani haqida. U kimnidir boy, kimnidir xonavayron qilgan, kimningdir esa hayotiga zomin bo‘lgan. UzNews muxbiri Konstantin Bashlayev bir necha kunini Navoiy viloyatining qonuniy va noqonuniy oltin konlarida o‘tkazdi. U yerdagi hayot va turmush tarzi haqidagi ko‘rgan-kechirganlarini esa “Daryo” o‘zbek tiliga tarjima qildi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Navoiyda birinchi kun. Tong sahar. Havoda kimyoviy moddalar hidi anqiydi. Shahar hamma tomondan yirik zavodlar bilan o‘rab olingan: Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK), Gidrometallurgiya zavodi (GMZ), Navoiyazot va boshqalar. So‘nggisi atrofdagi barcha kislorodni yutib, o‘rniga shahar tepasida gumbazday osilib turgan, zaharli, sariq tutun bulutlarini chiqaradi. Yozda Navoiyda jazirama issiq +54 С°, qishda esa -15 С° sovuq. Mahalliy aholi qishda bu yerda deyarli qor yog‘masligini aytadi. Ular bu anomaliyani atmosferaga tarqalayotgan zararli chiqindilar bilan bog‘laydi. Respublikaning boshqa mintaqalariga qaraganda bu yerda ko‘proq odam onkologik kasalliklardan aziyat chekmoqda. Navoiyliklar bunday muhitda kamdan kam hollarda 75—80 yoshgacha umr ko‘radi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Bu yerda ichimlik suvi “o‘lik” — xlor bilan to‘yingan, ta’mi va hidi yoqimsiz. Qurbi yetadiganlar uyiga 20 litrli yelim idishlarda qadoqlangan suv sotib oladi. Ovqatga ham o‘shandan ishlatadi.

    Quvonarli tomoni, Navoiyda velosiped transporti keng tarqalgan. Juma namozi paytida masjidlar yaqinida to‘lib ketgan avtoturargohlarga, Toshkentdagi kabi mashinalar tirbandligiga duch kelmaysiz. Bu yerda masjidga, asosan, velosipedlarda qatnashadi. Ularni masjid yaqinidagi daraxtlarga bog‘lab qo‘yishadi. Har bir daraxt tagida bittadan velosiped. Navoiyda yo‘llar ahvoli nisbatan yaxshi. Chunki shaharda asfalt zavodi bor. Hech qayerda axlat qutisi yo‘qligiga qaramay, atrof, umuman olganda, juda toza.

    Navoiy viloyatida sayyoradagi eng yirik “Muruntov” oltin koni mavjud. 2020-yili bu yerda, taxminan, 56,7 tonna oltin qazib olingan. Bir vaqtning o‘zida boshqa o‘nlab oltin konlaridan qimmatbaho metallarni qazib olayotgan supergigant NKMK ushbu sohani rivojlantirmoqda. U ushbu mintaqada oltin ishlab chiqaradigan yagona sanoat korxonasi hisoblanadi. Monopolist desak bo‘ladi. Lekin bu “maxluq” uchun ishlash noqulay bo‘lgan joylar ham bor. Shunday konlarga noqonuniy oltin izlovchilar — mahalliy qishloqlardan chiqqan oddiy odamlar “suqilib kiradi”. Ular, odatda, ishsiz bo‘ladi yoki kam maosh oladi.

    Qora konchilar

    “Tillatog‘” koni. Samarqand viloyati Paxtachi tumani. Tevarak atrofda — quyosh nuri yalagan ship-shiydam sahro. Ro‘parangda do‘ngliklar yastanib yotibdi. Yo‘lning ikki cheti bo‘ylab tosh jins chiqindilari uyumi qator cho‘zilib ketgan. NKMK allaqachon kon ishlarini boshlab yuborgandi, katta o‘ra qazilgandi. Ammo keyin ishlar taqa-taq to‘xtadi. Qazish ishlari samara bermadi. Uskunalar olib ketildi, lekin chuqur qoldi, u asta-sekin yerosti suvlari bilan to‘lib, ko‘lga aylandi. Kombinat uchun oltin qazish noqulay bo‘lgan joylarda noqonuniy oltin izlovchilarga manfaat bor. Bu yerda, qayoqqa qarama, qo‘l bilan kovlangan, chuqurligi yuzlab metrga yetishi mumkin bo‘lgan shaxta o‘qlarini ko‘rasan. Ularning barchasi qattiq tog‘ jinslaridan iborat.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Bu yerga do‘ngliklar oralab o‘tuvchi birgina chang-tuproqli yo‘l orqali kelish mumkin. Oltin izlovchilar Damas’imizni bir kilometr naridan payqaydi. Ular bu yerda butun boshli kuzatuv tizimini ishlab chiqqan. Do‘ngliklar tepasida xavf yaqinlashayotganidan ogohlantiruvchi “razvedkachilar” o‘tiribdi. Oltin izlovchilar tog‘ va geologik ishlarni nazorat qilish maqsadida inspektorlar tomonidan o‘tkaziladigan reydlardan juda qo‘rqadi. Agar ularni ushlab olishsa, 7 million so‘mdan ko‘proq jarimaga tortishadi. Ikkinchi bor ushlansa, 14 million so‘m. Mahalliy aholi uchun bu hukmday gap. Respublikada 2021-yilning yetti oyi davomida 162 nafar noqonuniy oltin izlovchi jarimaga tortilgan. Notanish mashinaga ko‘zi tushgan zahoti qonunbuzarlar shaxtadagi kirish va chiqish yo‘llarini berkitib, o‘zlari tumtaraqay qochib ketadi. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Yuqoridagilarning hammasi qochib ketdi. Yer ostidagilarning barchasi yashirindi. Ular xavfdan allaqachon ogohlantirilgandi.

    Foto:UzNews

    Foto:UzNews

    Bu yerdagi shaxtalar diametri bir metrdan sal oshadi. Chuqurlikda, odatda, bir necha odam ishlaydi. Ular qattiq jinsni o‘yib, oltin konini qidiradi. Tarkibida oltin bo‘lgan rudalar qoplarda tashqariga olib chiqiladi. Smena tugagach, ularni “Moskvich” va “Jiguli”larga yuklab, yuvish uskunalari yashirincha saqlanadigan qishloqqa olib borishadi. Ruda maydalagichdan o‘tkazilib, so‘ng konsentrat yuviladi. Oltin izlovchilar qo‘lga tushib qolmaslik uchun, odatda, tunda ishlashga harakat qilishadi. Ular yil bo‘yi — qishin-yozin ter to‘kadi. Ayozli ob-havo sharoitida qalin kiyimlarga o‘ranib ishlashadi.

    Bu kabi shaxtalarda ishlash katta xavf tug‘diradi. U istalgan paytda o‘pirilib ketishi mumkin. Kon tepasida harakatlanayotgan izlovchilar yiqilib, halok bo‘lgan vaziyatlar ham bo‘ladi. Toshlarni elektr perforatorlar bilan o‘yadigan oltin izlovchilar ham bor. Ular benzin bilan ishlaydigan generatorni yer ostiga olib tushib, chiqindi gazlar tufayli tiriklayin yonib ketadi. Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi “Oltinsoy” konida to‘rt kishi huddi shu tarzda halok bo‘lgan. Yana uch nafari shifoxonaga yotqizilgan. Oltin izlovchilar shu kabi xavf-xatarlardan xabardor ekaniga qaramay, yer ostiga tushishda davom etaveradi. Chunki ular umr kechirmayapti, balki jon saqlayapti. Aksari boyib ketishni emas, oila boqishni maqsad qilgan.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Oltin izlovchilarning ko‘pi shaxtalarda bolaligidan beri ishlaydi. Ular bundan boshqacharoq hayotni ko‘rmagan. Ko‘pi bugun oilasi bag‘riga qayta olmay qolishi mumkinligini ham yaxshi biladi. Ularning aksariyati 50 yoshga yetmaydi. Kimdir shaxta ostida qolib ketadi, kimnidir perforatorning ochiq simidan chiqqan tok urib, o‘ldiradi, kimdir arqondan qulab tushadi. Yana kimdir oltin konini topib, boyib ketadi.

    2012—2013-yillari bu yerda “oltin vasvasasi” avjiga chiqqandi. Yuzlab odamlar “Tillatog‘” koniga yopirilib kela boshladi. Mahalliy aholining aytishicha, barcha tepaliklar noqonuniy oltin izlovchilarga to‘lib ketgan. Ular bu yerga mashinada oila a’zolari bilan kelardi. Kirka va belkuraklardan foydalanib, rudani qazib olishardi va olib ketishardi. Chinakamiga oltin jinnisiga aylanishgandi. Shaxtalarda odamlar halok bo‘la boshlagach, maxsus xizmatlar ishga kirishdi va barcha oltin izlovchilarni u yerdan haydadi. O‘shandan beri “oltin vasvasasi” barham topdi. Faqat yuqorida aytilgan ayrim qazuvchilargina qoldi.

    Uzoq yillar davomida O‘zbekistonda oltin izlab topish taqiqlangan edi. Kon qazish ishlari bilan faqat mamlakat “titan”lari — Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari shug‘ullana olardi. Barcha mablag‘ ularga sarflangan. Lekin ularning bu ishga o‘quvi yo‘q. Rudani sanoat yo‘li bilan qazib olish uchun murakkab infrostruktura kerak: alohida temiryo‘l, bahaybat “BelAz”lar, xususiy elektrostansiya, bir necha tonnali ekskavatorlar va hokazo. Shu boisdan ular qazish ishlari xarajatlarini qoplash maqsadida yirik konlarga “o‘rnashib” olishni ma’qul ko‘radi. Ammo shunday bo‘ldiki, ko‘plab mayda oltin konlari tegilmay, kelajak uchun saqlab qo‘yildi.

    Qishloq odamlari o‘z yerini yaxshi biladi. Ular, shuningdek, geologlar oltinni qaysi toshlar orasidan izlab topishini ham biladi. Ishsiz odam aynan o‘sha yerni ko‘zlaydi. Bu yerda hatto o‘tlar orasidan ham oltin topib olish mumkin, tasavvur qilyapsizmi? Hikoya qilishlaricha, qishloq odamlaridan biri quchoqqa sig‘gulik maysani ildizi bilan yulib oladi, uning orasida esa mayda oltin bo‘lakchalari bor ekan. Yangilik tez orada butun qishloqqa tarqab, hamma o‘t yulib, kuydirib, kul ichidan sof oltin qidirishga tushib ketibdi. Shundan keyin ham vasvasaga tushmay bo‘ladimi?

    Taqiqlangan yillar davomida oltin izlab topish jinoiy tus oldi. Noqonuniy oltin qazib oluvchilar oltinni qora bozorda pullaydi, boshqalar qonunga xilof ravishda chet elga olib chiqadi. Hukumat esa milliardlab zarar ko‘rmoqda. Eng dahshatlisi, falokatlar yuz beryapti.

    Bu bilan qanday kurashish mumkin? 2019-yilda O‘zbekiston hukumati oltin qazib olishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oltin qazib olishni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Endi u tadbirkorlikning alohida turi hisoblanadi. Tartibga solishdan maqsad konchilik sanoatini daromadli, shaffof va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashdir. Oltin qazib oluvchilar barcha turdagi soliqlardan ozod etildi. Oltinga boy yerlar bir gektar hajmda sotiladi. Elektron kimoshdi savdosi orqali uni sotib olish va oltin qazib oluvchi litsenziyasini qo‘lga kiritish mumkin. “Oltin” uchastkaning boshlang‘ich narxi 7,5 mln so‘m.

    Navoiydagi ikkinchi kun. Biz “Oqtoshsoy”ga — shahardan 40 kilometr uzoqlikdagi oltin koniga yo‘l oldik. Navoiy viloyati Navbahor tumani Ijand qishlog‘i yaqinida. Yana o‘sha dasht, yana o‘sha chang yo‘llar. Atrofda birorta daraxt yo‘q, hammayoqda faqat isiriq o‘sib yotibdi. Uni bu yerga hech kim ekmagan. Bahorda bu yerda toshbaqalar ko‘p bo‘ladi, yozda yo‘lingizdan ko‘rsichqon va kaltakesak chiqishi mumkin. Bu yaqin atrofda suv umuman yo‘q. Bahorda faqat tog‘dan soy oqadi, ammo yozga borib qurib qoladi. Mahalliy aholi bu konni “Uch tut” deb ataydi, ya’ni, “Uchta tut daraxti” ma’nosida. Tutlar bu yerda chindanam bor, faqat uchta emas, to‘rtta.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Biz bu yerda yosh oltin qazuvchi Oybek Rahmonov bilan uchrashamiz. U 31 yoshda. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Oltin qazish to‘g‘risida u tasodifan bilib qolgan. Oilasining yaqin do‘sti — navoiylik oltin qazib oluvchi odam oltinga boy bir yaxshi joy topganini aytgan. Ammo unda yerni sotib olishga pul yo‘q edi. Oybekning oilasi oltin izlovchiga yordam berishga qaror qiladi va unga sarmoya kiritadi. Kimoshdi savdosida uch gektar yerni sotib olishadi. Ijaraga kerakli jihozlarni olib, konga keltirishadi. Oltin izlovchi konni topgan va uch oy ichida oltinni qazib olgan. Ammo Oybekka oltinni yo‘q deb aytgan.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews
    Oltin izlovchi bizni aldaganini bilib qoldik, — deydi Oybek. —Konni topib, bu haqida bizga aytmagan va oltinni yashirincha o‘zi yuvgan. O‘ylashimcha, mo‘maygina daromad ham qilgan — 20 000 dollar. Uni quvib yuborib, o‘zimiz ishlay boshladik keyin.
    Fevral. Konda izg‘irin shamol esyapti. Oybek bu yerga dadasi, amakisi va pochchasi bilan birga keldi. Ishni konteynerni o‘rnatib, pechni qizdirishdan boshlashdi. Bu oilada hech kim oltin qazib olish bo‘yicha tajribaga ega emasdi.

    “Belkuraklar bilan ish boshladik, nima qilishni bilmasdik, — deydi Oybek. — Tog‘oralardan foydalanardik, toshni qo‘lda yuvardik. Mahalliy oltin izlovchilar va cho‘ponlar bizga oltinni qanday yuvishni o‘rgatdi. Avval ularning ishini kuzatib turamiz, keyin o‘zimiz urinib ko‘ramiz. Mayda oltin zarrasini topib olganda quvonib ketgandik. Bir gramm oltin hosil bo‘lishi uchun mingta shunaqa zarra kerak.

    Yuzlab tonna toshni qo‘l bilan yuvishning imkoni yo‘q. Shu sababli oila a’zolari yuvish uskunasini yasashga qaror qilishdi. Internetdan ma’lumot qidirishdi, YouTube’da video tomosha qilishdi, ammo uskunani yasash bo‘yicha chizmalarning batafsil tavsifi hech qayerda yo‘q edi. Jamoa to‘rt oy ichida o‘zi yaratgan chizmaga ko‘ra shaxsiy yuvish moslamasini — butarani (qazib olingan tosh massasini yuvishda ishlatiladigan barabanli mashinaning bir turi) yaratdilar. Shu tariqa, oltinning ilk grammlari qo‘lga kiritildi.

    UzNews

    UzNews

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Oltin qazib olishda an’anaviy texnologiyadan foydalaniladi. Tarkibida metall bo‘lgan jism bunkerga yuklanadi, u yerda suvning kuchli bosimi bilan yuvilib, maxsus moslamaga — g‘alvirga tushadi. U aylanayotgan paytda barcha keraksiz toshlar pastga tushib ketadi, oltin esa g‘alvirlanib, shlyuz bo‘ylab suzishda davom etadi. Oltin eng og‘ir metall sifatida rezina sholchalar xonachasi (yacheykasi)dan joy oladi. Sutkada bir marta sholchalar tog‘oralarda yuviladi va hosil bo‘lgan mayda qum, oltin konsentrati so‘nggi yuvish jarayoni uchun lagerga olib boriladi.

    UzNews

    UzNews

    UzNews

    UzNews

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Bu yerning oltini tabiiy. Uning probasi 790 dan 890 gacha turlanadi. Oybek qazib oladigan sof oltin probasi 860—870 ga teng. Topilgan eng katta sof oltin 3,2 grammni tashkil qilgan. Bir gramm oltinning o‘rtacha narxi — 500 000 so‘m. Topilgan barcha oltinni oltin qazuvchilar birja narxi bo‘yicha Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga va zargarlarga sotishi kerak.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Ishlab chiqarish hajmi tijorat siri bo‘lgani uchun bizga oshkor qilinmadi, ammo  xarajatlardan tortib, yer uchastkalari narxigacha — hammasini aytishdi.

    Biz bir gektar yer uchun o‘rtacha 15 million so‘m sarfladik, — deydi Oybek Rahmonov. — Hozir uchastkalar qimmatroq turadi. Bu yerga hammadan ilgari kelganmiz. Qazish ishlari uchun ketadigan xarajatlarni gramda hisoblaymiz. Samosval va ekskavatorlar uchun ketadigan kunlik xarjimiz — 40 grammlar atrofida. Kamroq qazib olsak, zararga ketamiz. Kimdir kuniga 140 gramm xarajat qiladi. Hammasi topilayotgan oltin hajmiga bog‘liq. Bitta generator 220 litr yoqilg‘i “yeydi”, ikkita ekskavator uchun kuniga 500 litr solyarka ketadi, bu yoqda samosvallar ham bor... Bir yarim kun ichida 1 tonna solyarka yoqamiz. Oltin qazib olishga juda katta xarajat ketadi. Oltin qazib olish bilan shug‘ullanish uchun boshlanishiga 40 000 dollar kerak. Kam mablag‘ bilan boshlash juda qiyin. Texnika ijarasi va yoqilg‘iga juda katta pul kerak. Birinchi ikki oylikda topgan foydangizning barchasi xarajatlarni qoplashga ketadi.

    Oltin izlovchilar lageri — ko‘plab kilometr naridagi, suv, yeguligi bor, jazirama va izg‘irindan saqlanish mumkin bo‘lgan yagona joy. Yozda oltin izlovchilar yo konteynerlarda, yo tashqaridagi bostirma tagida uxlaydi. Qishda o‘tovga kirishadi. Ha, bu yerda Qozog‘istondan olib kelingan haqiqiy o‘tov bor. Uning ichiga o‘rgimchak, chayon, qo‘ng‘izlar kirolmaydi, chunki u qo‘y junidan tayyorlangan. Bu hasharotlarni qo‘rqitadi.

    UzNews

    UzNews

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Konda artezian suvidan foydalaniladi. Oltin izlovchilar quduq qazishgan. Bu suvda cho‘milish mumkin, uni oltin yuvgani ishlatishadi. Lekin ichib bo‘lmaydi, chunki haddan tashqari sho‘r. Ichimlik suvi yelim idishlarda olib kelinadi. U issiqda bir zumda ilib qoladi, shuning uchun yelim idishlarni mato bilan o‘rab, ustidan suv quyib, shamol esayotgan joyga qo‘yiladi. Shunda suv bir zumda soviydi — tabiiy konditsioner.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Konda hammasi bo‘lib o‘n nafarcha oltin izlovchi ishlaydi. Ular yil bo‘yi shu yerda —oilalaridan uzoqda yashaydi. Yaqinlarini ko‘rgani 10–15 kunda bir borib turishadi. Turmushlari juda kamtarona. Ustma-ust karavotlarda yotishadi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    Bu yerda alohida idishlarda ovqatlanish odat tusiga kirmagan. Ovqat katta laganga suziladi. Bugun kechga qovurdoq. Hamma bir dasturxon atrofida jam, hazil-huzul qilib o‘tirishibdi. Kulgi bu yerda hayotning ajralmas qismidir. Oltin qazuvchilar juda hazilkash bo‘ladi. Yumor ularni kundalik hayotdagi yakranglikdan qutqaradi. Bu yerda hech kim oltin o‘g‘irlamaydi, hammasi ishonchli odamlar. Xonada bir piyola oltin turishi mumkin, biroq hech kim undan bir dona ham olmaydi. Oltin qazib oluvchilar bir narsaga ishonadi:

    Agar hamkorlar biznes yuritishda shartnomaga amal qilsa, oltinda ham baraka bo‘ladi, — deydi Oybek. — Mabodo, kimdir uni buzsa, firib ishlatsa, oltinning ham barakasi uchadi. Qazib olinayotgan metall hajmi tushib ketadi. Oltin rostgo‘ylik va tartibni sevadi. Shunday deyishadi...

    Aksar qazilma konlaridagi muammo shundaki, na o‘zaro, na davlat bilan tuziladigan shartnomalarga amal qilmaydigan oltin qazuvchilar bor. Qonunga ko‘ra, qonuniy oltin qazib oluvchilar topilgan barcha oltinlarni OKMK va NKMK sotishlari shart. Prezidentning 2018-yil 26-noyabrdagi PQ-4030-sonli farmonida quyidagilar ta’kidlangan: “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Navoiy kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga mamlakat hududlarida 2019-yilning 1-martiga qadar ixtisoslashgan qabul kassalarini ochish tavsiya etilsin va qo‘lda qazib olish yo‘li bilan qazib olinadigan qimmatbaho metallarni sotib olishning shaffof mexanizmi yaratilsin”.

    Lekin amalda ko‘plab oltin qazib oluvchilar oltinning bir qisminigina davlatga topshirib, qolganini qora bozorda sotadi. Nima uchun? Biz turli konlardagi ko‘plab oltin qazib oluvchilar bilan suhbatlashdik. Ular orasida shunday gap yuradi: yuqorida keltirilgan qabul kassalarida oltin sotib olinayotganda tarozidan urib qolishadi. Agar oltin qazib oluvchi 100 gramm oltin topshirsa, unga bu yerda bor-yo‘g‘i 80 gramm ekan, deyishi mumkin. Sen esa hech qanday e’tiroz bildirolmaysan. Natijada, oltin qazib oluvchi zarar ko‘radi va u oltinlarini qora bozordagi zargarga sotib, to‘laqonli foydaga ishlaydi. Nosog‘lom muhit paydo bo‘ldi...

    09.01.2022, 13:41   Izoh (0)   74346
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.