O‘zbekistonda koronavirusning “omikron” shtammi aniqlangani sababli bir qator cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.
Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi.
Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19 ning yangi “omikron” shtammi joriy yilning 7-yanvar kuni aniqlangan. Shu sababli barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.
Izoh (0)