• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Onasi turkmanistonlik bo‘lgan, tug‘ishgan akasi uning qo‘lida jon bergan. Hind kinosi yulduzi Jeki Shroff haqida nimalarni bilamiz?

    Jeki Shroff Dev Anandning “Xayoliy avliyo” (1982) filmida debyut qilganida, deyarli hech kim yosh yigitga e’tibor qaratmagan. Jeki o‘sha vaqtda atigi 25 yoshda edi, u modellik karyerasini tark etishga va kino olamida o‘z o‘rnini topishga qaror qildi. Bir kuni rejissor Subxash Gxay o‘zining “Garovga olingan” (1983) romantik filmida bosh qahramon rolini o‘ynash uchun aktyor qidirayotgan vaqtda uni ko‘rib qoldi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Jeki Shroff 1957-yil 1-fevralda Mumbayda tug‘ilgan. Uning haqiqiy ismi Jaykishen Kakubxay Shroff. Otasi Gujaratdan, onasi esa turkmanistonlik. Intervyulardan birida Jeki onasi tomonidan turkman ekanini aytib o‘tgan, lekin oila Qozog‘istonda yashagan, keyin buvisi va yetti qizi Ladaxga, keyinroq Dehliga va nihoyat Mumbayga ko‘chib o‘tgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ota-onasi 18 yoshga to‘lmay tanishib, turmushga qurgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Jeki yoshligida bezori bo‘lgan va uning noodatiy qiyofasi va hindlarga xos bo‘lmagan ko‘rinishi bilan ba’zi modellik agentliklarining e’tiborini tortgan va ular unga ish taklif qila boshlagan. Yigit 11-sinfdan keyin maktabni tashlashga to‘g‘ri keldi, chunki uning oilasi nochor edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Biz juda kambag‘al bo‘lsak ham, lekin ahil edik. Mening katta akam barcha kambag‘alga g‘amxo‘rlik qildi, hammaga yordam berdi. Afsuski, u vafot etdi. Birovni qutqarish uchun dengizga sakradi. Ammo uning o‘zi suzishni bilmas edi, shuning uchun u ham cho‘kib ketdi. Men unga arqon tashladim, u arqonni ushlab turdi, bir necha soniya suzdi, lekin arqon uning qo‘lidan sirg‘alib chiqib ketdi. Men juda kichikkina edim va qo‘rqib ketdim. O‘sha yerda turib, uning cho‘kib ketishini kuzatardim, xolos. Shundan so‘ng men akam kabi qashshoq qo‘shnilarimga g‘amxo‘rlik qilishga qaror qildim”, — deydi Jeki.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Jeki taom tayyorlashni yaxshi ko‘rardi. U Taj mehmonxonasida oshpazga shogird va Air India aviakompaniyasida bord nazoratchisi sifatida ishga kirishga harakat qildi, ammo malakasi yo‘qligi sababli hamma joydan rad javobini oldi. Bir kuni avtobus bekatida bir kishi to‘xtadi va model bo‘lib ishlashni xohlaysizmi, deb so‘radi. “Menga pul berasizmi?” — deya savol berdi Jeki birinchi navbatda.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ertasi kuni Jeki kostyum va ko‘ylaklar uchun fotosessiyada suratga tushdi. Shu paytdan boshlab uning shon-shuhrat sari sayohati boshlandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Dev Anand Shroff bilan tanishganida atigi 24 yoshda edi. So‘ngra Minakshi Sheshadri bilan birgalikda “Garovga olingan” filmi muvaffaqiyatga erishdi. Rejissor Subxash Gxay o‘z qahramoniga Jeki deb nom berdi va yigit uni taxallus sifatida olishga qaror qildi. O‘shandan keyin Jeki Shroff deyarli har bir Gxay loyihasida ishtirok etdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Bollivudda qirq yildan ortiq vaqt davomida Jeki Shroff o‘n uch — hind, tamil, telugu, konkan, kannada, marathi, odiya, panjob, bengal, malayalam, bxojpuri, gujarat va ingliz tilida 220 dan ortiq filmlarda rol o‘ynagan. Boshqalar qatorida u to‘rtta Filmfare mukofotiga sazovor bo‘lgan va bir nechta muvaffaqiyatli qisqa metrajli filmlarda rol o'ynagan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    U rafiqasi, yarmi bengal va yarmi belgiyalik Ayesha Datt bilan 1973-yilda tanishgan. O‘sha vaqtda aktyor 16 yoshda, Ayesha esa endigina 13 yoshda edi. Ayesha maktab formasida avtobusda ketayotib, Jekining e’tiborini tortdi. Shu tariqa juftlik avtobusda tanishdi va ularning sevgi hikoyasi boshlandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Asli qirollik oilasidan bo‘lgan, dabdabali hayotga o‘rgangan Ayesha Jekidan hayratda edi. Jeki kam pul ishlab topayotgani uchun ikkalasi ham ko‘pincha piyoda yurar va har oqshomlarni shaharga sayohat qilar edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Intervyularining birida Jeki Shroff shunday deydi: “Men Ayesha uchun o‘zgardim. Men uchun u o‘zining borligi bilan hayotimni bezatgan ma’budaga o‘xshardi. U men bilan qiyin sharoitda yashashga rozi bo‘ldi va men ham o‘zgarishim kerakligini angladim. Men erishgan barcha narsa Ayesha tufaylidir”.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Jeki haqida Ayesha shunday deydi: “Men juda yuzaki edim, u menga boshqalarga ko‘proq g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgatdi”.

    Bir necha yil o‘tgach, Ayesha Filippinning Manila shahrida bo‘lib o‘tgan “Miss young world” tanlovida Hindistonni himoya qildi va u yerda “Tanlovning eng mashhur qizi” unvoni bilan taqdirlandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    1984-yilda u Bollivudda “Teri Baaxon Mein” filmi bilan debyut qildi, ammo bu uning yagona loyihasi bo‘lib qoldi, chunki film chiqqandan keyin Ayesha produser bo‘lishga qaror qildi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ayesha 1987-yil 5-iyun kuni o‘zining tug‘ilgan kunida Jeki bilan turmush qurdi. 1990-yilda ularning birinchi farzandi – o‘g‘li Jay Xemant (Tayger Shroff) va uch yildan so‘ng qizi Krishna tug‘ildi. To‘ydan so‘ng Ayesha va Jeki o‘zlarining prodyuserlik markazini ochdi, shundan so‘ng ular bir nechta filmlarni yaratish ustida birga ishladi. Ularning o‘g‘li Tayger ham aktyor va hozirda Bollivuddagi eng istiqbolli yosh aktyorlardan biri hisoblanadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Er-xotinning organik fermasi ham bor, ularda organik o‘simliklar, daraxtlar va o‘tlar yetishtiriladi. Jeki ko‘p yillar davomida xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va kam ta’minlangan oilalar farzandini davolash va o‘qitish uchun katta mablag‘ ajratadi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Aytgancha, Jeki Shroffning otasi munajjim bo‘lgan va o‘g‘li hali yo‘rgakda ekanida,uning kelajakda mashhur bo‘lishini bashorat qilgan. Aktyor hali ham filmlarda o‘ynab, tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Hind filmlaridagi go‘zal aktrisalarni vaqt qay darajada o‘zgartirgani aks etgan suratlar
    • Kino sohasida ta’lim olmay, Bollivudga asos solgan “daydi” — Raj Kapur hikoyasi
    • Bollivud yulduzi — Amir Xon suratga tushishi kutilayotgan hind filmlari (foto)

    30.12.2021, 13:59   Izoh (0)   33232
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ismini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan Kianu Rivz, ilmiy maqolalar yozgan Natali Portman. Hatto eng ashaddiy muxlislarga ham noma’lum bo‘lgan mashhurlar bilan bog‘liq fakt...

    30.12.2021, 11:34

    Instagram: Zara Shirinovaning gaplarini “arzon piar” deb atagan Rayhon, 2021-yilda Munisa Rizayeva ulgurolmagan ish, Sardor Mamadaliyevdan Dubayga olib borishni so...

    29.12.2021, 22:40

    Gollivud yulduzi Dueyn Jonson onasiga Yangi yil bayrami munosabati bilan Cadillac CT5 avtomobilini sovg‘a qildi (video)

    29.12.2021, 16:54

    Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)

    29.12.2021, 13:50

    “Unga qo‘l ko‘targanimdan afsusdaman”. Taniqli kompozitor Sultonali Rahmatov xonanda Nilufar Saidova bilan ajrashishi sababi haqida (video)

    28.12.2021, 14:23

    Instagram: O‘zi tarqatgan mish-mishga izoh bergan Sharof Muqimov, “Qalpoq”chilardan “Qor malikasi” filmiga parodiya, turmush o‘rtog‘ining suratini ko‘rsatgan Zarin...

    27.12.2021, 22:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.