Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya hech qachon hech kimga birinchi bo‘lib hujum qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Rossiya hech kimga birinchi bo‘lib hujum qilmagan”, — deydi Peskov “Rossiya 1” telekanalidagi efir vaqtida.

Peskov Rossiya Ukrainaga hujum uyushtirishi mumkinmi, degan savolga javob berar ekan, buni keskinlikni kuchaytirishning bo‘sh va asossiz oshirilishi deb atagan. “Rossiya hech kimga tahdid uyg‘otmaydi”, — deydi u. Shu bilan birga, prezident matbuot kotibi bunday bayonotlarni oqlash uchun provokatsiyalar bo‘lishi mumkinligini istisno etmagan.

Uning ta’kidlashicha, Moskva Ukraina janubi-sharqidagi mojaroni tartibga solish, Minsk va “normand formati”ga sodiq qolish bo‘yicha bor kuchini sarflamoqda. U Donbassdagi mojaroni kuch bilan hal etishga bo‘lgan urinish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Zelenskiy Putinga Ukrainaning Donbassidagi urush ketayotgan istalgan joyida uchrashishni taklif qilgandi. Putin bunga javoban agar Ukraina prezidenti Donbass muammosini muhokama qilmoqchi bo‘lsa, avval u Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining rahbarlari bilan uchrashishi kerakligini va shundan keyingina uchinchi tomon sifatida Rossiya rahbariyati bilan uchrashishi mumkinligini aytgan. Shuningdek, u Rossiya tomonining Ukraina bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar haqida gaplashishga tayyorligini bildirgan va Zelenskiyni “o‘ziga qulay bo‘lgan istalgan vaqtda” Moskvaga kelishga taklif qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi