Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbass muammosini muhokama qilmoqchi bo‘lsa, avval o‘zini respublika deb e’lon qilgan Donesk va Lugansk Xalq Respublikalari (DXR va LXR) rahbarlari bilan, shundan keyingina Rossiya rahbariyati bilan uchrashishi kerak. Bu haqda prezident Vladimir Putin ta’kidlab o‘tdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

“Agar gap ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish haqida bo‘lsa, unda marhamat. Biz Ukraina prezidentini u uchun qulay bo‘lgan har qanday vaqtda Moskvada qabul qilamiz”, — dedi Putin.

20-aprel kuni Zelenskiy Putinga Ukrainaning Donbassidagi urush ketayotgan istalgan joyida uchrashishni taklif qildi. Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, Ukraina tomoni aynan nimani muhokama qilmoqchi, degan savol tug‘iladi. Putinning fikriga ko‘ra, agar gap Donbass muammolari haqida boradigan bo‘lsa, unda, avvalambor, Ukraina rahbariyati LXR va DXR respublikalari rahbarlari bilan uchrashishi kerak va shundan keyingina ushbu muammolarni uchinchi mamlakatlar vakillari, xususan, Rossiya bilan muhokama qilishi lozim”.

Shuningdek, Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Ukraina bilan munosabatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hukumati ikki tomonlama munosabatlarni buzadigan ko‘plab qadamlarni tashlagan. “Bu rus pravoslav cherkoviga bo‘lgan munosabat, uni yo‘q qilishga urinishlar bilan bog‘liq. Bu rus tiliga va Ukrainaning rusiyzabon fuqarolariga hamda Ukrainada yashovchi Rossiya fuqarolariga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liq”, —  dedi u.

Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanaliga joylashtirilgan videomurojaati orqali Putinni Donbassda uchrashishga taklif qilish chog‘ida agar Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush yuz bersa, bu minglab odamlar hayotiga ta’sir qilib, oxir-oqibat ikkala tomon ham yutqazishini aytgan. Shuningdek, Ukraina prezidenti “tankda tinchlik o‘rnatish mumkin emas”, deb qo‘shimcha qilgan.

Kreml Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Putin agar zarur deb bilsa, unga shaxsan javob berishini aytgan edi.  Shu bilan birga, Kreml vakili Dimitriy Peskov Putin bilan uchrashuv to‘g‘risida Zelenskiy tomonidan yaqin orada rasmiy so‘rovlar bo‘lmaganini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi