Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, IIV 2-son Toshkent akademik litseyining 3-kurs talabasi bo‘lgan Z.J.ni Qibray tumanida joylashgan “Oqqovoq” temiryo‘l bekatining 21-kilometrida vagon ustiga chiqishi oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.
20-dekabr kuni u o‘qigan litseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘quvchilarga temiryo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temiryo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temiryo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik, temiryo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.
2021-yilning yanvarida Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urgandi. Oqibatda yigit qattiq jarohatlangan.
Izoh (0)