Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tafsilotlarini taqdim etamiz.

Namanganda Nexia-3 va yuk mashinasi to‘qnashuvida 2 kishi jarohatlandi.

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

2021-yilning 20-dekabr kuni soat 16:00 larda, Namangan viloyati, Namangan shahri hududidan o‘tuvchi 4R-112 avtomobil yo‘lining 65-kilometrida haydovchi M.B. (2000-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Nexia-3 hamda haydovchi A.V. (1984-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi MAN yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda Nexia-3 da bo‘lgan yo‘lovchilar O.M. (2000-yilda tug‘ilgan) va M.Z. (2002-yilda tug‘ilgan) tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Namangan shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Termizda Nexia-3 velosipedchini urib ketdi.

2021-yilning 17-dekabr kuni soat 11:30 larda “Baynalmilal” mahallasi Amir Temur ko‘chasida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan velosipedchi o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 oldiga to‘satdan chiqib ketgan.

Oqibatda velosipedchi og‘ir tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Voqea sodir bo‘lgan yo‘lda yoritgichlar yo‘qligi va yo‘lning kengligi talabga javob bermasligi aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)