Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan hodisalar haqida ma’lumot beramiz.

Qarshining markaziy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan “Gazel”da yong‘in chiqdi.

Foto: “Nasaf news”

Foto: “Nasaf news”

16-dekabr kuni soat taxminan 17:02 lar atrofida 101 qisqa raqami orqali Qarshi shahar FVBga Qarshi shahar A. Navoiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, yong‘in joyiga Qarshi shahar FVB dan 1 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linma jalb etilib, yong‘in bartaraf etilgan.

Qashqadaryo viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ro‘y bergan yong‘in avtoulovning motor va old salon qismini qisman zararlagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu transport vositasi Qarshi tumani “Dasht” QFYda yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro J.R boshqaruvida bo‘lgan Uztelecom AJning Qashqadaryodagi bo‘limiga qarashli “Gazel” avtomobil ekani ma’lum bo‘ldi.

Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan.

Denovda maktab o‘quvchisi otasining Tracker’ida piyodani urib ketib uning o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Surxondaryo viloyati Denov tumani “Totuvlik” mahallasidan o‘tgan 4K-588 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida voyaga yetmagan, 35-umumta’lim maktabi o‘quvchisi otasining Tracker’ni boshqarib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan (o‘quvchida transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan).

U kechasi yomg‘irli havoda yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-guruh nogironini ko‘rmasdan urib ketgan. Oqibatda piyoda voqea joyida vafot etgan.

Jizzaxda Nexia-3 piyodani urib ketdi.

Jizzaxda Nexia-3 yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Piyoda shifoxonaga olib borilgan. Piyodaning ahvoli haqida viloyat IIB xabarida ma’lumot berilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi