Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmanistonda 17-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov diplomatlarga Turkmanistonni dunyoga yanada tanitish bilan shug‘ullanish vazifasini topshirdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Nashrning Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, xorijiy davlatlarda ishlaydigan diplomatlar hozir Ashxobodda. Shu munosabat bilan Berdimuhamedov ularga ish joyiga qaytishda so‘nggi vaqtlarda chiqarilgan va dunyoning turli tillarida nashr etilgan badiiy asarlar to‘plami, kitob va jurnallarni o‘zi bilan olib ketishni buyurdi.

“Nashrlar diplomatik vakolatxonalarimiz faoliyatiga yordam beradi va turkman xalqining milliy-madaniy qadriyatlarini ommalashtirishga, shuningdek, betarafligimiz asoslarini yaxshiroq tushuntirishga xizmat qiladi”, — dedi Berdimuhamedov.

Gurbanguli Berdimuhamedov 12-dekabr kuni Xalqaro betaraflik kuni sharafiga Ashxobod qabul markazida hukumat va parlament a’zolari hamda xorijiy diplomatlar ishtirokida ziyofat uyushtirgandi. Unda Turkmaniston prezidenti mehmonlarga “Yashasin tinch hayot!”  nomli yangi she’rini o‘qib bergan.

15-dekabr kuni Ashxobodda Berdimuhamdeovning yangi she’riga bag‘ishlangan “Arkadagyň parahatçylyk ýörelgesi – dünýä nusgalyk görelde” (“Arkadag‘ning tinchlik tamoyili — bu butun dunyo uchun model) nomli tantanli konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda madaniyat va san’at sohasi yetakchilari hamda namoyandalari, shoir va nosirlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, yoshlar ishtirok etgan.

Avvalroq Berdimuhamedov Turkmaniston diplomatlariga mamlakatlarni betaraf do‘stlar guruhiga jalb qilish yuzasidan topshiriq bergandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi