• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp bilan do‘stlik, keng shim va atom bombalari. KXDRda Kim Chen In boshqaruvidagi 10 yil qanday o‘tdi?

    Bundan o‘n yil avval dekabr o‘rtalarida aniqrog‘i 2011-yil 17-dekabrda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Ir vafot etgandi. Uning o‘rnini uch o‘g‘ilning eng kenjasi Kim Chen In egallagan. Avvaliga ko‘pchilik yosh rahbarni yumshoq tabiatli deb o‘ylagan, uning taxtdan ag‘darilishi mumkinligi, amakisi undan qo‘g‘irchoq sifatida foydalanayotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi. Biroq Kim Chen In nafaqat hokimiyatni ushlab qoldi, balki Kim Chen Irdek “millat otasi”ga aylanishga ham ulgurdi. Mazkur davrda u mamlakatning pozitsiyasini mustahkamlashga, uch bora yadro bombasi sinovini o‘tkazishga, AQSh bilan urush boshlashiga va dunyo jamoatchiligi taxmin qilmagan ishni qilishga ya’ni Donald Tramp bilan do‘st tutinishga ham muvaffaq bo‘ldi. “Lenta.ru” nashri Shimoliy Koreya rahbarining 10 yil davomida qilgan ishlarini tahlil qilgan: maqolada amerikalik basketbolchi bilan do‘stlashganidan tortib Janubiy Koreyada ishlangan seriallarni tomosha qilganlarga o‘lim jazosini tayinlashgacha bo‘lgan qarorlar haqida so‘z borgan. Daryo mazkur materialning tarjimasini e’tiboringizga havola qiladi.

    Foto: AP Photo

    Yetakchiga aylanish

    Kim Chen In otasi Kim Chen Ir bilan

    Kim Chen In otasi Kim Chen Ir bilan
    Foto: Korean Central News Agency

    Shimoliy Koreya dunyodagi eng yopiq davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat ichida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ham tashqariga axborot chiqishi ancha qiyin kechadi. Asosiy axborotlar KXDRning davlat nashrlari yoki Janubiy Koreya va AQSh razvedkasi orqali tarqaladi.

    Shu sababli ham amaldagi davlat rahbari Kim Chen Inning necha yoshda ekani haqida aniq ma’lumot yo‘q. KXDR rasmiy manbalari tarqatgan axborotlarga ko‘ra Kim Chen In 1982-yil 8-yanvarda tug‘ilgan. Ammo Janubiy Koreya razvedka xizmatlari uning bir yil keyin, otasi Kim Chen Ir 40 ga to‘lganida, bobosi Kim Ir Sen esa 70 yoshni qarshilaganida tavallud topgan deb hisoblaydi. AQSh razvedkasi axborotlarida Kim Chen Inning 1984-yil 8-yanvarda tug‘ilgani qayd etilgan.

    KXDR rahbarining bolalik davri haqida ham ma’lumotlar kam. Kim Chen In — Kim Chen Irning uch o‘g‘lidan eng kichigi. Uning onasi Ko Yon Xi Kim Chen Irning fuqarolik nikohidagi uchinchi yoki to‘rtinchi xotini bo‘lishi mumkin. Juftlikning jami uch nafar farzandi bo‘lgan: katta o‘g‘il Kim Chen Chxol, kichigi Kim Chen In, shuningdek kenja singil Kim Yo Chjon. Kimlar sulolasi haqida axborotlarni to‘plovchi North Korea Leadership Watch portali Kim Chen Inning bolaligi Shimoliy Koreyada o‘tganini qayd etgan. 1990-yillarda uni akasi va singlisi bilan birga Shveysariyaga ta’lim olishga yuborishgan, Yevropada ular mahalliy maktabda boshqa ism-sharif bilan tahsil olgan. Kim Chen In KXDRga 2000-yillar boshida qaytgan va Kim Ir Sen nomidagi harbiy universitetga o‘qishga kirgan.

    Kimlar shaxsiyatiga nisbatan maddohlik

    Kim Chen In Pektusan tog‘ida otda sayr qilmoqda

    Kim Chen In Pektusan tog‘ida otda sayr qilmoqda
    Foto: Reuters

    Kim Chen In mamlakat ijtimoiy hayotida 2010-yildan faol ishtirok eta boshlagan: u general lavozimigacha ko‘tarildi va Koreya Mehnat partiyasi markaziy kengashining a’zoligiga saylandi. Bir yil o‘tgach, 2011-yil 17-dekabrda Kim Chen Ir vafot etdi va kenja o‘g‘il Shimoliy Koreya yetakchisining buyuk merosxo‘ri deb e’tirof qilina boshlandi. 2011-yil 24-dekabrda uni rasman Koreya xalq armiyasining Oliy bosh qo‘mondoni deb e’lon qilishdi. Tahlilchilar uning bo‘shangligi va davlat boshqaruvida tajribasizligini ta’kidlab, uning amakisi Chan Xon Txek ta’siriga berilib hukmronlik qilishi yoki butunlay taxtdan ag‘darilishini taxmin qilgan. Biroq ularning taxminlari yakunda o‘zini oqlagani yo‘q.

    Otasi va bobosi kabi Kim Chen In ham hammaning e’tiborida bo‘ladigan rahbarga aylandi. Mamlakatda Kimlar sulolasiga maddohlik qilish an’anaga aylangan, Kim Ir Sen bu borada o‘g‘li hamda nevarasidan ancha o‘zib ketgan rahbar hisoblanadi. Kim Chen In ko‘p jabhalarda bobosining natijalarini takrorlashga intiladi — u hokimiyat tepasiga kelganidan keyin mafkura yosh yetakchining tashqi ko‘rinishini bobosiga qiyoslashni boshlagan. Bundan tashqari o‘zidan avvalgi rahbarlar kabi Kim Chen In ham turli jarangdor maqomlar, e’tiroflarga ega, KXDRda uni “O‘ta buyuk inson”, “Mamlakat qudratining ramzi”, “XXI asr quyoshi”, “Barcha g‘alabalar va mashhurlik sababchisi” deyishadi. Biroq Kim Chen Inning bu borada jami 54 ta o‘ziga xos e’tiroflarga sazovor bo‘lgan otasiga yetib olishiga hali ancha bor.

    Kimning oila mifologiyasiga o‘zini bog‘lash uchun qilgan eng yorqin harakatlaridan biri bu – Shimoliy Koreya aholisi uchun muqaddas joy hisoblanadigan Pektusan tog‘ida otda sayr qilish. Kim Ir Sen bu yerda mohir chavandoz ekanini namoyish qilgan va yapon bosqinchilarga qarshi kurashgan. Gap-so‘zlarga ko‘ra Kim Chen Ir ham shu tog‘ atrofida dunyoga kelgan.

    Foto: Korean Central News Agency
    KXDR rahbariga ruhiy va ma’naviy jihatdan tenglashish mumkin, biroq tashqi ko‘rinish borasida unga taqlid qilish og‘ir oqibatlarga olib keladi. Masalan, fuqarolarga Kim Chen In kiyib yuradigan uslubda tikilgan, charmdan tayyorlangan kamzullarda yurish taqiqlangan — mamlakatda maxsus politsiya patrullari “Kim Chen In” uslubida kiyingan odamlarni aniqlab, ularga nisbatan chora ko‘rgan paytlar ham bo‘lgan. Partiya bunday qalbaki kiyimlarni kiyish oliy yetakchining obro‘siga putur yetkazadi deb hisoblaydi.

    Imijning o‘zgarishi

    Kim Chen In Pxanyandagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kombinatda, 2014-yil dekabr

    Kim Chen In Pxanyandagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kombinatda, 2014-yil dekabr
    Foto: KCNA

    Kim Chen In otasidan farqli ravishda anchayin ochiq va liberal rahbar obrazini yaratishga intiladi va doim xalqqa televizion murojaatlar yo‘llaydi. Zavodlar, qurilish obyektlari va maktablarga tashrifi vaqtida ham odamlar bilan qo‘l berib ko‘rishadi, ularning o‘zini quchoqlashiga monelik qilmaydi, fuqarolar “hurmatli oliy rahbar” bilan bunday uchrashuvlardan keyin quvonch ko‘z yoshlarini tiya olmaydi.

    Davlat mafkurasida Kim xalq ichidan chiqqan yetakchi roliga juda yaqin keladi: u nafaqat kengashlarda nutq so‘zlab, mamlakatning siyosiy hayotida ishtirok etadi, balki oddiy odamlardek konsertlarga boradi, attraksionlarda uchadi va hatto ekin maydonlarini begona o‘tlardan muhofaza qilishda, hasharlarda qatnashadi. Bir vaqtning o‘zida u yosh va faol yetakchi imijini shakllantirgan: zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, tank boshqaradi, otda sayr qiladi.

    Basketbolni sevish va antiqa do‘stlik

    Kim Chen In va basketbolchi Dennis Rodman

    Kim Chen In va basketbolchi Dennis Rodman
    Foto: AP Photo

    Shimoliy Koreya rahbarining yana bir qiziqarli jihati bu uning basketbolga mehr qo‘yganligi: Kim bolaligidan “Chikago Bullz” jamoasining muxlisi bo‘lgan. 2013-yilda KXDRga besh karra MBA chempioni Dennis Rodmanni taklif qilgan. Sayohatdan keyin Rodman Kim Chen In bilan qadrdon do‘st bo‘lgani haqida gapirgan va bu inson huquqlari himoyachilarini g‘azablantirdi.

    Keyinchalik Rodman yana bir necha marta Shimoliy Koreyaga keldi va Kim hamda uning rafiqasi qizchalik bo‘lgani, shuningdek KXDRda qamoqda saqlanayotgan amerikalik talabani qutqarishga hissa qo‘shgani haqida OAVda chiqishlar qildi.

    “U yerga borganimda deyarli hamma vaqt Kim bilan birga yuraman. Vaqtni chog‘ o‘tkazamiz, karaokeda qo‘shiq kuylaymiz, birga ko‘p qiziq ishlar qilamiz. Otda sayr etamiz, ziyofatlarda bo‘lamiz, chang‘i uchamiz, deyarli siyosat haqida gaplashmaymiz va bu juda yaxshi”, — degan Rodman BBC’ga bergan intervyusida.

    Yadro shahzodasi

    Kim Chen In Pxanyandagi harbiy paradda, 2021-yil yanvar

    Kim Chen In Pxanyandagi harbiy paradda, 2021-yil yanvar
    Foto: Korean Central News Agency

    Kim Chen In rahbarligi davrida mamlakatning harbiy salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi. Yangi yetakchi yadro dasturini rivojlantirishga bel bog‘ladi, 2013-yilga keliboq KXDR tarixidagi uchinchi yadro bombasi sinovdan o‘tkazildi. 2015-yilda u Shimoliy Koreyaning o‘z vodorod bombasini yaratish ishlarini boshlab yuborganligini e’lon qildi.

    Pxenyanda 2021-yilda o‘tkaziglan harbiy parad

    Pxenyanda 2021-yilda o‘tkaziglan harbiy parad
    Foto: AP Photo

    Kim Chen In 10 yil davomida uch marta yadro quroli sinovini o‘tkazdi va KXDRda 100 dan ziyod ballistik raketa uchirildi. Kim bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas va dunyo hamjamiyati, Osiyo–Tinch okeani mintaqasi, ayniqsa Janubiy Koreya hamda Yaponiya uning bunday harbiy tashabbuslaridan xavotirda ekanini bildirgan.

    Urush boshlanishiga bir bahya qolgani haqida

    Kim Chen In harbiy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirmoqda

    Kim Chen In harbiy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirmoqda
    Foto: Reuters

    Kim Chen In KXDR rahbariga aylangan dastlabki yillarda tashqi siyosatga jiddiy e’tibor qaratmadi va yopiqlik siyosatini davom ettirdi: boshida mamlakat hududidan tashqariga safarlar ham uyushtirmadi va hatto KXDR bilan yaqin do‘st bo‘lgan Xitoyga ham bormadi.

    2017-yilga kelib hammasi o‘zgardi. Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi keskinlik avval tarixda kuzatilmagan darajaga chiqdi: AQShning Janubiy Koreya hududiga raketadan zarbalarga qarshi qurollari kompleksini joylashtirishi, KXDRning Xitoy bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazib, Yaponiya tomoniga ko‘plab ballistik raketalarni uchirishi hamda yadro quroli sinovining o‘tkazilishi vaziyatni keskinlashtirib yubordi.

    AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya rahbariga turli laqablar qo‘yib uni kamsitishga urindi, Pxenyan ham ushbu harakatlarga javob berdi va Trampga “chollar miyasi bilan yashab qolgan odam” ta’rifi berildi. Ikki tomon bir-biriga tahdid qilishgacha bordi: Kim AQShning Tinch okeanidagi Guam hududiga zarba berishga tayyorlanish haqida harbiylarga buyruq berdi, Tramp esa bunga javoban mamlakatlar o‘rtasida harbiy nizo kelib chiqishi mumkinligi haqida OAVda jiddiy bayonotlar qildi.

    Koreyscha mo‘tadillik

    Pxenchxandagi olimpiada o‘yinlarida shimoliy koreyalik muxlisalar, 2018-yil

    Pxenchxandagi olimpiada o‘yinlarida shimoliy koreyalik muxlisalar, 2018-yil
    Foto: Reuters

    Tashqi siyosiyatdagi murakkab holat va urush chiqishining ehtimoli Kim Chen Inni diplomatiya bilan jiddiy shug‘illanishga majbur qildi. Shimoliy Koreya hamda AQSh amaldorlari o‘rtasidagi aloqalar keskinlikni kamaytirdi.

    2018-yilda Kim qo‘shni Janubiy Koreya bilan ham munosabatlarni me’yorlashtirishni boshladi, u mamlakat prezidenti Mun Chje In bilan uchrashdi. Pxenchxandagi qishki olimpiada o‘yinlariga KXDR sportchilari va muxlislar yuborildi, ular sport musobaqalarida o‘ziga xos shiorlari va raqslari bilan shovqin solishdi. Bundan tashqari sport o‘yinlariga Shimoliy Koreyaning pop-guruhi “Moranbon” vakillari “desant” sifatida tashlandi, gap-so‘zlarga ko‘ra mazkur guruh ishtirokchi qizlarini Kimning o‘zi tanlagan.

    K-pop’siz ham birlashish mumkin

    Kim Chen In va Janubiy Koreya pop ijrochilari

    Kim Chen In va Janubiy Koreya pop ijrochilari
    Foto: KCNA

    Ikki tomonlama aloqalarning yumshashi Seulning Pxenyanga janubiy koreyalik ijrochilarini yuborishiga sabab bo‘ldi. Kim qo‘shiqchilar bilan uchrashdi va ularga minnatdorlik bildirdi, shuningdek, konsert millatning birlashishi mumkinligini isbotlash uchun umid berganini qayd etdi.

    Ammo keyinchalik KXDR rahbari janubliklar hamda ularning pop-madaniyatiga keskinroq qarashga o‘tdi. Kimning o‘zi ‘k-pop’ni yoshlar miyasini zaharlaydigan yomon o‘simta deb atagan. 2021-yil fevralda Janubiy Koreyadan videomateriallarni olib kelish va tarqatishga nisbatan jazo choralari kuchaytirilib, mazkur harakat uchun o‘lim jazosi ham tayinlanishi mumkinligi qonun bilan belgilab qo‘yildi.

    KXDRda inson huquqlarining poymol qilinishi

    Kim Chen In Koreya xalq armiyasining konferensiyasida

    Kim Chen In Koreya xalq armiyasining konferensiyasida
    Foto: KCNA

    Kim Chen In inson huquqlarini tizimli ravishda buzishda ayblashadi. Mamlakatda dinozavrlar davridan beri mavjud bo‘lgan qonunlar amal qiladi, ularni buzganlarga nisbatan o‘lim jazosi yoki mehnat lagerlariga surgun qilish tayinlanishi mumkin. Og‘ir sharoitdagi qamoqxonalarda omon qolgan odamlarning aytishicha, bunday muassasalarda mahbuslarni odam o‘rnida ko‘rishmaydi.

    Shimoliy Koreyadan qochgan Chjixen Pak “Lenta.ru”ga bergan intervyusida mahbuslar och qoldirilgani, xonalarda derazalar yo‘qligi, qamoqxonalardan qo‘lansa hidi anqishi haqida gapirib bergan.

    “Qochib ketmasligimiz uchun bizni yalangoyoq ishlashga majburlashardi. Cho‘milishimizga ruxsat berilmas, bemor bo‘lsak dori-darmondan ham mosuvo edik. Hojatxonalar ham abgor, yolg‘iz qolish imkoniyati ham yo‘q edi. Hojatni ham qo‘riqchi oldida chiqarardik, aks holda mahbuslarni ayovsiz kaltaklashardi”, – deya eslagan sobiq mahkuma.

    Otto Vombiyer voqeasi

    Otto Vombiyer KXDRda

    Otto Vombiyer KXDRda
    Foto: Kyodo

    Shimoliy Koreyadagi qamoqxonalarda nafaqat mahalliy aholi, balki xorijliklar ham qiynoqlarga duchor bo‘lgan. 2016-yilda amerikalik talaba Otto Vombiyer bilan sodir bo‘lgan voqea dunyoni larzaga soldi. U sayyohlik guruhi bilan Pxenyangan kelgan. Xorijlik sayyohlar joylashadigan “Yangakto” mehmonxonasida Otto xizmat binolarining birida mafkuraviy e’lonni yirtib tashlagan. Talaba “koreys xalqining yaxlitligini buzishga” uringanlikda ayblandi va 15 yil koloniyaga hukm qilindi. 2017-yilda Vombiyer komaga tushib qoldi va keyin AQShga qaytarildi. Oradan olti kun o‘tgach, uning hushiga ham kelmay vafot etgani xabar qilindi. Vombiyerning ota-onasi qamoqxonada farzandlariga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilingan, uni kaltaklashgan deb hisoblaydi.

    Temir qo‘l

    Kim Chen Nam

    Kim Chen Nam
    Foto: Kyodo

    KXDR rahbari namoyishkorona qatag‘onlar va shafqatsiz harakatlar, o‘z qo‘lostida qonunbuzilishiga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qatl jazosini berish yoki surgun qilish borasida keskin qarorlari bilan ham tanilgan. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra u bir nafar generalni minomyotdan otib tashlagan, yana bir yuqori martabali amaldorni tiriklayin itlarga yedirish haqida buyruq bergan.

    Ammo Shimoliy Koreya o‘ta yopiq davlat va bu kabi ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshirishning deyarli imkoni yo‘q. Janubiy Koreya nashrlarida tez-tez bu kabi qatllar, keskin jazolar haqida, mamlakatdan qochishga uringan amaldorlarning qiynoqlarga duchor bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Ko‘pincha bu kabi dahshatli hikoyalarning aksar qismi to‘qima bo‘lib chiqadi, qatl qilingan generallar esa oradan bir necha oy o‘tgach omma oldida ko‘rinish beradi. Biroq baribir bu kabi xabarlarning muayyan qismi haqiqatga yaqin.

    Masalan, 2013-yilda Kim amakisi Chon Xon Txekni qatl qildirgan, Txek Kim Chen Ir vafotidan keyin mamlakatda vaqtinchalik rahbar maqomida bo‘lgandi. 2017-yilda Kuala-Lumpur aeroportida KXDR rahbarining o‘gay akasi Kim Chen Nam parvoz hududida zaharlab o‘ldirilgan. Qotillik ortida kimlar turgani noma’lum va bu hanuzgacha javobini topmagan jumboqlardan biri, taxminlarga ko‘ra qatl Kim Chen Inning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan va u bu orqali mutlaq hokimiyatga erishishga uringan.

    Tramp bilan birodarlik

    Kim Chen Inning Donald Tramp bilan KXDR va Janubiy Koreya chegarasidagi uchrashuvi

    Kim Chen Inning Donald Tramp bilan KXDR va Janubiy Koreya chegarasidagi uchrashuvi
    Foto: KCNA

    Hammasi urushga qarab ketayotganiga qaramay, kutilmaganda Kim Chen In hamda Donald Tramp bilan do‘stlasha boshladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra ikki yetakchi bir-biriga nisbatan kuchli hurmatni his etdi va jami 27 ta maktub almashinuvi amalga oshdi, amerikalik siyosatchi ushbu xatlarni sevgi maktublariga qiyoslagan.

    KXDR va AQSh davlat rahbarlari Singapurda hamda Xanoyda ikkita sammit o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Koreya orolini yadro qurolidan holi hududga aylantirish masalalari muhokama qilindi. Ammo ikkala tomon ham muzokaralardan keyin biror natijaga erishish ehtimoli kamligini yaxshi tushunishdi. AQShda prezidentlik saylovlaridan keyin Oq uy bilan Pxenyan muzokaralari butkul to‘xtadi, Bayden hamda Kim Chen In uchrashuvi haqida boshqa gapirilmadi. Jo Bayden prezidentlik lavozimiga kirishguniga qadar ham Kim bilan faqat bitta shart asosida – KXDR yadro qurolidan butunlay voz kechsa uchrashishi mumkinligini aytgan. Biroq bu Shimoliy Koreya rahbariyatiga xush kelmaydigan talab edi.

    Zirxlangan poyezdda Vladivostokga  sayohat

    Kim Chen In 2019-yili Rossiyaga tashrifi vaqtida

    Kim Chen In 2019-yili Rossiyaga tashrifi vaqtida
    Foto: KCNA

    KXRR rahbari Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga ham jiddiy e’tibor qaratgan. 2019-yil aprel oyida u zirxlangan poyezdda Vladivostokga kelgan. Kimni chegara hududidagi Xasan shahrida iliq kutib olishgan, Vladivostok vokzalida maktab o‘quvchilari, shahar rasmiylari unga an’anaga ko‘ra katta non sovg‘a qilishgan, Shimoliy Koreya rahbari sharafiga marsh kuyi chalingan. Vladimir Putin bilan sammitdan keyin maxsus ko‘ngilochar dastur ishlab chiqilgan. Kimning o‘zi Rossiya prezidenti bilan fikrlar almashinuvidan katta taassurotlar olganini aytgan va Vladivostokda vaqti chog‘ o‘tganini qayd etgan.

    Koronavirus pandemiyasi boshlangach Shimoliy Koreya tashqi olamdan butunlay uzilib qoldi va chegaralarini yopdi. Oxirgi ikki yilda Kim Chen In boshqa mamlakatlarning davlat rahbarlari bilan birorta ham uchrashuv o‘tkazmadi.

    Kim Chen Inning yo‘qolib qolishi

    Kim Chen In va uning singlisi Kim Yo Chjon

    Kim Chen In va uning singlisi Kim Yo Chjon
    Foto: Korea Summit Press Pool
    Kim davlat rahbarligiga kirishgan davrda ba’zan omma oldida ma’lum vaqt ko‘rinish bermay qolishni odat qilgan: oxirgi ikki yilda bu kabi yo‘qolib qolishlar tez-tez sodir bo‘lmoqda, oqibatda uning kasallikka chalingani haqida mish-mishlar tarqalgan. Ayniqsa Shimoliy Koreya rahbarining 2020-yil bahorida yo‘qolib qolishi OAV va tahlilchilarning xavotiriga sabab bo‘ldi, Kimning vafot etgani, hukumat esa bu haqda rasman e’lon qilishga hali tayyor emasligi taxmin qilindi.

    Mazkur xabarlarga parallel ravishda Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning hukumatda tutgan o‘rni mustahkamlandi va kuchaydi. 2020-yil aprel oydia Yaponiya OAV 2019-yil oxirida KXDR hukumatining favqulodda reja ishlab chiqqani va unga ko‘ra Kim Chen In davlat rahbarligi funksiyalarini bajara olmay qolsa undagi vakolatlar singlisiga o‘tishi belgilangani haqida xabar tarqaldi. O‘shanda Kimning yuragi operatsiya qilingani haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

    2021-yil may oyida Kim qariyb bir oydan keyin yana omma oldida ko‘rinish berdi va bu uning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi shov-shuvli xabarlarni battar avj oldirdi. Kimning avvalgidan ancha ozg‘in qiyofada ko‘rinish bergani uning kasallikka chalingani haqidagi shubhalarda haqiqat ulushi borligini anglatardi. Kuzga borib Kim Chen In battar ozib ketdi, Janubiy Koreya razvedkasi uning bemor emasligi, balki ozishga harakat qilgani va vazn tashlaganini ta’kidladi. Ayrim kuzatuvchilar bu holatni KXDR rahbarining oila a’zolarida yurak yetishmovchiligi kasalliklariga moyillik kuchliligi tufayli sog‘lom turmush tarziga o‘tgani bilan izohlagan.

    Yangi iqtisodiyot

    Kim Chen In fabrikaga tashrifi vaqtida

    Kim Chen In fabrikaga tashrifi vaqtida
    Foto: KCNA

    Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakat iqtisodini rivojlantirishga jiddiy kirishdi. U shu yo‘l bilan otasi rahbar bo‘lgan davrda, 1990-yillarda Shimoliy Koreyaga yopirilgan ocharchilik yana takrorlanmasligining oldini olishga intildi. XX asr oxirida turli ma’lumotlarga ko‘ra KXDRdagi ocharchilik qariyb 3 million odamning o‘limiga sabab bo‘lgan.

    2013-yilda hukumat korxonalarni liberallashtirish chora-tadbirlarini qabul qildi. Kim kosmetika sanoatini xalqaro darajada raqobatbardosh qilishga intildi, tog‘-chang‘i kurortlarini qurdirdi, otda yuruvchilar uchun klublar barpo qildi, skeyt-parklar, ko‘ngilochar bog‘lar, yangi aeroport va delfinariy bino qildi. KXDR rahbari turarjoy sektoriga faol qarashni boshladi: Pxenyanda ko‘p qavatli turarjoy komplekslari va osmono‘par binolar qurildi.

    Ammo xalqaro maydonda KXDRga nisbatan jiddiy sanksiyalarning qo‘llanilgani, pandemiya va ekin maydonlarida hosilning bo‘lmagani Kimning zamonaviy va moslashuvchan iqtisodiyot qurish yuzasidan qilgan ishlarini puchga chiqardi. Mamlakatda yana ocharchilik boshlanishi mumkin: Janubiy Koreya razvedkasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra KXDR hukumati oziq-oqvat yetishmovchiligi tufayli armiya rezervidan aholiga guruch tarqatishni boshlagan.

    Og‘ir urush

    Kim Chen In harbiy sanoat ko‘rgazmasida, 2021-yil oktabr

    Kim Chen In harbiy sanoat ko‘rgazmasida, 2021-yil oktabr
    Foto: KCNA

    2021-yil aprel oyida KXDR rahbari mamlakatdagi vaziyatni “tarxidagi o‘ta og‘ir” deb aytgan va fuqarolarni yangi “Mehnat urushi”ga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan. Mamlakatda 1990-yillardagi inqiroz va ocharchilik davrini shunday nomlashgan.

    Ammo KXDR bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga qaramay yadro dasturidan voz kechmayapti. Barchasiga ters ravishda mamlakatda yangi qurol-yarog‘ni sinovdan o‘tkazish boshlangan: Shimoliy Koreya harbiylari suvosti kemasi va poyezddan ballistik raketalarni uchirdi, ilk bor gipertovushli va qanotli raketalarni test qildi. Oktabrda Kim mudofaa sanoati ko‘rgazmasida bo‘ldi va AQShga qarshi dushmanona siyosatda “yengilmas armiya” tuzishini va’da qildi.

    20.12.2021, 08:46   Izoh (0)   26102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Palma orolida vulqon otilishi to‘xtadi. 3 oy otilgan vulqon orolni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi (foto)

    19.12.2021, 23:57

    OAV: Kim Chen Inning singlisi yuqori lavozimga ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin

    19.12.2021, 23:24

    Niderlandiyada “omikron” shtammi tufayli lokdaun e’lon qilindi

    19.12.2021, 22:36

    NYT: AQSh aviazarbalarda halok bo‘lgan yuzlab tinch aholi haqidagi ma’lumotlarni yashirgan

    19.12.2021, 17:49

    Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Portugaliya fuqaroligini oldi

    19.12.2021, 15:18

    Germaniya “omikron” shtammi tufayli britaniyaliklarning mamlakatga kirishini chekladi

    19.12.2021, 14:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.