O‘zbekiston—Sharda universiteti har bir talaba uchun jahon talablariga javob beradigan ta’lim berish standartiga muvofiq tashkil etilgan. Ushbu universitet Yevrosiyo talabalari uchun darvoza bo‘lishi ko‘zda tutilgan O‘zbekistondagi ilk mustaqil, xususiy universitet.
O‘zbekiston Respublikasi Andijon shahrida joylashgan O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan.
Universitetda to‘rtta fakultet — asosiy fanlar fakulteti, muhandislik va texnologiya fakulteti, menejment fakulteti, gumanitar fanlar fakulteti mavjud. Universitet tomonidan taqdim etiladigan yo‘nalishlar quyidagicha:
1. texnologiya bakalavri (informatika va muhandislik);
2. biznes boshqaruvi bakalavri;
3. amaliy ingliz tili bo‘yicha bakalavr darajasi.
O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz)da 400 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Universitet talabalarga ingliz tilini bilish darajasi, akademik va shu kabi boshqa yutuqlariga qarab, munosib nomzodlarga 100 foizgacha grant taklif qiladi. Fakultet a’zolari — bu ilmiy darajadagi yutuqlarga intiladigan va talabalarni jahon iqtisodiyotining murakkab talablariga, shuningdek, o‘zgaruvchan global iqtisodiyotning qiyinchiliklariga javob berishga tayyorlaydigan, ikki tomonlama vakolatli akademiklar va sanoat mutaxassislari. Universitet turli mamlakatlarda ish tajribasiga ega, kitoblar, xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar yozgan, xalqaro konferensiyalarda ma’ruzalar qilgan, doktorlik ilmiy darajalariga ega malakali o‘qituvchi-professorlardan iborat.
O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz) dunyoning 15 dan ortiq universitetlari va muassasalari bilan hamkorlik aloqalariga ega. Universitetda “Ish va sayohat” dasturi mavjud bo‘lib, unda talabalar ushbu dasturdan foydalangan holda xorijiy davlatlarga tashrif buyurishlari mumkin. Universitet talabalarga nafaqat eng yaxshi ko‘nikmalarni berishga, balki ijobiy o‘quv tajribasini amalga oshirishga ham intiladi.
O‘zbekiston—Sharda universiteti 2020 va 2021-yillarda Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘rta ta’lim maktablarining 9—10—11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasini muvaffaqiyatli o‘tkazdi va unda 2800 nafardan ortiq o‘quvchi qatnashdi. G‘oliblar O‘zbekiston—Sharda universitetida tahsil olish uchun 100, 75 va 50 foiz grantlarni qo‘lga kiritishdi.
Sharda universitetiga kirish uchun grant va qabul testi onlayn va oflayn rejimda o‘tkaziladi. Bundan tashqari, abituriyentlar xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS, CEFR yoki TOEFL kabi sertifikati bor bo‘lsa, uni taqdim etishlari yoki shaxsiy suhbat (PI) topshirishlari shart bo‘ladi.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston—Sharda universiteti (SUUz) veb-saytiga tashrif buyuring.
https://www.shardauniversity.uz/
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)