• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev gidroenergetikani rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

    Foto: “Podrobno”

    Foto: “Podrobno”

    Hujjat bilan respublikada gidroenergetikani yanada rivojlantirish, mavjud gidrosalohiyatdan unumli foydalanishning asosiy muhim yo‘nalishlari belgilab olingan. Xususan:

    • elektr energetika sohasida ekologik toza energiya manbalaridan keng foydalanish hisobiga izchil yangi quvvatlar tashkil etishni jadallashtirish hamda amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish orqali 2030-yilda respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvatini 3416 megavattga (+66,5 foiz) yetkazish;
    • xususiy sektor va aholini tabiiy suv oqimlaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun keng jalb etish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yagona elektr energetikasi tizimiga kafolatli ulanishini ta’minlash, ishlab chiqilgan elektr energiyasini kafolatli xarid qilish tizimini yaratish.
    Qaror bilan investitsiya loyihalarining ro‘yxati, xususiy sektor ishtirokida kichik gidroelektr stansiyalarini qurish taklif etilayotgan loyihalar ro‘yxati, 2022—2025-yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan kichik gidroelektr stansiyalarini qurishga oid 2021—2030-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlangan.

    Shuningdek, Energetika vazirligiga xalqaro tarjibadan kelib chiqib uch oy muddatda qonunchilikka quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklangan:

    • O‘rnatilgan quvvati 0,5 megavattgacha bo‘lgan giroelektr stansiyalarini — mikro, 5 megavattgacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalarini — kichik, 30 megavattgacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalarini — o‘rta, 30 megavattdan yuqori bo‘lgan gidroelektr stansiyalarini — yirik girdoelektr stansiyalari tasnifiga kiritish hamda ushbu gidroelektr stansiyalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari deb hisoblash;
    • Mikro va kichik gidroelektr stansiyalarini (suv yig‘ish inshootlarini qurishni ko‘zda tutmagan holda) davlat-xususiy sheriklik hamda bozor tamoyili asosida tashabbus bildirgan xususiy investorlar tomonidan qurish.
    2022-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi faoliyat turiga ko‘ra kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvchi funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olgan holda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan:
    • Suv oqimi bo‘yicha ishlaydigan gidroelektr stansiyalarida — 70 foiz miqdorda;
    • Elektr energetikasi tizimining rejimiga bog‘liq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektr stansiyalarida — 100 foiz miqdorda;
    • Gidroto‘plash elektr stansiyalarida — 150 foiz miqdorda sotib olinadi.
    Bundan tashqari, davlat tomonidan elektr energiyasini xarid qiluvchi funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalaridan (bundan sanoat ko‘lamidagi 1 megavatt yoki undan ortiq quvvatlar mustasno), quvvati 5 megavattgacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalaridan o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgandan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

    “Gazeta.uz”ning yozishicha, hozirda II guruh iste’molchilair uchun belgilangan tariff 450 so‘mni tashkil etadi. Vakolatli organ “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida GES tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini 315 so‘mdan (II guruh bo‘yicha tariflarning 70 foizi) 675 so‘mgacha (150 foiz) tariflari bo‘yicha sotib olishni kafolatlaydi. Yangi quyosh, shamol va biogaz elektrostansiyalari va quvvati 5 megavattgacha bo‘gan GESlar uchun tariflar 360 so‘mni tashkil etadi.

    Hujjatga muvofiq xususiy investorlar quvvati 1 megavattgacha bo‘lgan quyosh, shamol, biogas va quvvati 5 megavattgacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuridik va jismoniy shaxslarga yagona elektr energetikasi tizimiga ulanmagan holda, lokal tarmoq qurish orqali shartnoma asosida o‘zaro kelishilgan narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish huquqiga ega.

    Avvalroq yaqin besh yil ichida O‘zbekistonda umumiy quvvati 740 megavatt bo‘lgan 21 ta yirik GESlarni qurish rejalashtirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 2017-yilda Prezident farmoni bilan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada 244 megavattlik qo‘shimcha quvvat yaratildi.

    GES loyihalari bo‘yicha asosiy pudratchilar “To‘palang HPD Holding” tarkibiga kiruvchi kompaniyalar hisoblanadi. Uning direktori va asoschisi “O‘zbekgidroenergo” rahbarining o‘g‘li.

    Mavzuga doir: Surxondaryoda “Zarchob-2” kichik GESi ishga tushirildi (foto)

    15.12.2021, 15:56   Izoh (0)   12889
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon is gazidan zaharlanish va gaz portlashidan vafot etganlar soni ma’lum qilindi

    15.12.2021, 14:54

    BMT Termiz orqali Afg‘onistonga gumanitar yordam jo‘natdi

    15.12.2021, 14:10

    Bandlik vazirligi jamg‘armasiga noto‘g‘ri va ortiqcha sarflangan salkam 407 mln so‘m mablag‘ qaytarildi

    15.12.2021, 13:56

    “Shunday xunuk holat sodir bo‘lganidan juda noqulay ahvolda qoldim”. Jondor tumani hokimi bir guruh ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida

    15.12.2021, 13:15

    Qashqadaryodagi qishloq hududida yer cho‘g‘ bo‘lib yonayotgani yuzasidan izoh berildi

    15.12.2021, 12:52

    Qarshi shahridagi xaroba yotoqxonada ta’mirlash ishlari boshlandi (foto)

    15.12.2021, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.