Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 17-turida “Barselona” 12-dekabr, yakshanba kuni “Osasuna” maydonida mehmon bo‘ldi
Uchrashuvning 12-daqiqasida Niko Gonsales katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib David Garsiya muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Abdussamad Ezzalzuli mehmonlarning ikkinchi golini urdi.
Uchrashuv yakunlanishi arafasida Chimi Avila hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
“Barselona” 24 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi. “Osasuna” 22 ochko bilan o‘ninchi o‘ringa ko‘tarildi.
La Liga
17-tur bahslari
12-dekabr, yakshanba
“Osasuna” — “Barselona” 2:2
Gollar: 0:1 – 12 Niko Gonsales, 1:1 – 14 David Garsiya, 1:2 – 49 Ezzalzuli, 2:2 – 86 Chimi Avila.“Osasuna”: Errera, Vidal (Xose Anxel, 74), Unai Garsiya, David Garsiya, Xuan Krus, Sanches (Roberto Torres, 73), Torro, Ruben Garsiya (Brashanats, 68), Monkayola, Barxa (Chimi Avila, 68), Kike Garsiya (Budimir, 68).
“Barselona”: ter Shtegen, Pike, Umtiti, Arauxo, Buskets, de Yong, Niko Gonsales (Mingesa, 73), Ezzalzuli, Gavi, de Yong, Dembele (Koutinyo, 81).
Ogohlantirishlar: Vidal (28), Ruben Garsiya (37), Xuan Krus (49), Sanches (56), David Garsiya (67), Gavi (74), ter Shtegen (83), Umtiti (90+6).