BAAning Abu-Dabi shahrida Formula-1 bo‘yicha 2021-yilning mavsumning so‘nggi poygasi o‘tkazildi.
Unda “Red Bull” poygachisi Maks Ferstappen so‘nggi aylanada “Mercedes” piloti Lyuis Hemiltonni ortda qoldirib, chempionga aylandi. Qizig‘i poyga davomida Hemilton katta ustunlik bilan oldinda borayotgandi, biroq bolidlar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin hammasi o‘zgarib ketdi va niderlandiyalik poygachi bundan unumli foydalandi.
Shu tariqa Ferstappen ilk bor Formula-1 chempioniga aylandi. Yetti karra chempion Hemilton esa ikkinchi o‘rin bilan cheklandi.
Qayd etish kerak, mavsumning so‘nggi poygasi oldidan Ferstappen va Hemiltonning ochkolari mutlaqo teng edi (369,5). Bu holat musobaqa tarixida 47 yildan beri kuzatilmagandi.
2021-yilgi mavsum kuchli o‘nligidan joy olgan poygachilar:
- Maks Ferstappen (“Red Bull”) – 58 aylana
- Lyuis Hemilton (“Mercedes”) +2,256
- Karlos Sayns (“Ferrari”) +5,173
- Yuki Sunoda (“AlphaTauri”) +5,692
- Per Gasli (“AlphaTauri”) +6,531
- Valtteri Bottas (“Mercedes”) +7,463
- Lando Norris (“McLaren”) +59,200
- Fernando Alonso (“Alpine”) +1.01,708
- Esteban Okon (“Alpine”) +1.04,026
- Sharl Lekler (“Ferrari”) +1.06,057