Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 16-turidan o‘rin olgan “Norvich” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi bahs 11-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Murosasiz va kurashlarga boy o‘tgan o‘yinda Krishtianu Ronalduning yagona goli uchrashuv taqdirini hal qildi. Portugaliyalik hujumchi 75-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, manchesterliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Mankunianliklar ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 27 taga yetkazib, 5-o‘ringga ko‘tarilib oldi. “Norvich” esa 10 ochko bilan so‘nggi pog‘onada bormoqda.
APL
16-tur bahsi
11-dekabr, shanba
“Norvich” – “Manchester Yunayted” 0:1
Gol: 0:1 – 75 penalti, Ronaldu“Norvich”: Krul, Aarons, Henli (Sorensen, 21), Kabak, Yannulis, Rupp (Le-Melu, 76), Maklin, Gilmor, Plaxeta (Kentuell, 70), Pukki, Sarjent.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Dyogu Dalot, Maguayr, Lindelyof (Bayi, 74), Telles, Fred, Brunu Fernandesh (van de Bek, 88), Maktomini, Sancho (Grinvud, 67), Ronaldu, Reshford.
Ogohlantirish: Dyogu Dalot (77), Le-Melu (90).