Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining matbuot kotibi xabar berdi.
![](/static/2024/Fozilbek/photo_2024-05-03_11-29-25.jpg)
Qayd etilishicha, ikki mamlakat bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib bergan. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.
![](/static/2024/Fozilbek/photo_2024-05-03_11-29-27.jpg)
Shuningdek, Abdulla Aripov va Aqilbek Japarov ikki mamlakatlar hamda qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekkan. Elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirgan.
- 2023-yilning noyabrida Zafarbek Ahmedov Qirg‘izistonning O‘sh shahriga O‘zbekistonning birinchi bosh konsuli etib tayinlangandi.
- Dekabr oyida esa Qirg‘izistonda O‘zbekiston bosh konsulligi rasman ochilgan edi.
- O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsulligi 2022-yilda ish boshlagan bo‘lib, Qirg‘izistonning Botken, Jalolobod va O‘sh viloyatlariga xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)