Qozog‘istonning Olmaota shahrida 12-dekabr, yakshanba kuni Open FC 14 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Asosiy kardning dastlabki jangi o‘rta vazn toifasida promoushen chempioni Nursulton Ro‘ziboyev (33-8-2) va rossiyalik Eduard Arustamyan (15-3) o‘rtasida kechdi.
Birinchi raunddayoq Nursulton raqibiga ketma-ket zarbalar berdi. Natijada hakam jangni muddatidan avval yakunladi. Shu tariqa Nursulton chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Mazkur MMA kechasida bungacha yana uch nafar o‘zbekistonlik yakkakurashchi jang qilgandi. Oloviddin To‘g‘onov bo‘g‘ish usuli bilan Bekzat Duseynbekni taslim etgan bo‘lsa, Jahongir Rasulov qirg‘izistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Hojiniso Kamoliddinova ikkinchi raundda og‘ritish usuli bilan Zoya Litvinenkodan ustun keldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!