• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Boris Jonsonning reytingi o‘tgan yilgi Rojdestvo ziyofati tufayli rekord darajada tushib ketdi. O‘sha paytda qat’iy lokdaun tufayli oddiy fuqarolarga hatto yaqinlarining dafn marosimiga borish taqiqlangandi

    Buyuk Britaniyada koronavirusning navbatdagi to‘lqini tufayli hukumat yangi cheklovlar e’lon qilishi mumkin. 11-dekabr ma’lumotlari bo‘yicha 633 kishi koronavirusning yangi “omikron” shtammi bilan kasallangan, 10-dekabr kuni 58 mingdan ortiq odamning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan. Guardian nashrining xabar berishicha, kasallanishlar soni ma’lum chegaradan oshadigan bo‘lsa, hukumat 18-dekabr kuni yangi cheklovchi choralar e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Ular qatoriga bemorlar bilan kontaktda bo‘lganlarni karantinda uzoqroq saqlash, yopiq joylarda, jumladan, pablar va restoranlarda majburiy niqob taqish va ijtimoiy aloqalarni cheklash kabilar kiradi.

    Yangi to‘lqinning boshlanishi hamda antikovid choralarining ehtimoliy kuchaytirilishi mamlakatda kechayotgan siyosiy mojaro bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Mojaro markazida esa bosh vazir Boris Jonson turibdi, deb yozadi Meduza.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ommaviy axborot vositalari bir yil oldin — mamlakatda qat’iy cheklovlar hukm surayotgan vaqtda Jonson hukumatining a’zolari uning Dauning-stritdagi qarorgohida ziyofat uyushtirganidan xabar topdi. Endi esa, 8-dekabr kuni Jonson yangi cheklovlar haqida e’lon qilganida, uning ma’naviy obro‘siga putur yetdi, deb yozadi OAV. Mojaro tafsilotlari quyida bayon qilingan.

    30-noyabr kuni Daily Mirror gazetasining yozishicha, 2020-yilning 18-dekabrida Dauning-stritdagi 10-uyda joylashgan bosh vazir qarorgohida 40—50 kishi ishtirokida Rojdestvo bayrami bo‘lib o‘tgan. O‘sha paytda Londonda ikki kunlik qat’y lokdaun joriy etilgan va yopiq binolarda uchrashuv o‘tkazish butunlay taqiqlangan edi. Gazeta da’vo qilgan ziyofatning ertasi kuni matbuot anjumanida Jonson lokdaunning kuchaytirilishi Rojdestvo ta’tiliga to‘g‘ri kelgani sababli bayram nishonlanmasligini e’lon qilgandi. Daily Mirror maqolasida aytilishicha, bosh vazir matbuot xizmatining apparati ziyofat davomida hech qanday qoida buzilmaganini bildirgan.

    Keyingi bir necha kun davomida matbuot xizmati va Vazirlar Mahkamasi a’zolari, shu jumladan, Boris Jonsonning o‘zi ham o‘sha paytda amaldagi qoidalarni buzadigan biror ziyofat bo‘lganini inkor etdi, OAVdagi maqolalar esa “o‘tgan yilgi voqealar haqida mish-mish” deb ataldi. Skotland-Yard 2020-yil dekabr oyida “hukumat binosida cheklov choralari buzilgani” haqida ko‘plab shikoyatlar kelib tushganini, ammo o‘tmishdagi voqealar ustida tekshiruv o‘tkazish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

    7-dekabr kuni ITV bosh vazir qarorgohi matbuot markazida o‘tkazilgan brifing repetitsiyasidan olingan videoni e’lon qildi, unda Boris Jonsonning maslahatchilari, jumladan, uning matbuot kotibi Allegra Stretton 2020-yilgi ziyofat haqida jurnalistlarning noqulay savollariga qanday javob berish kerakligi haqida bir-biriga hazil qilgan. Videoda Stretton kulib hayron bo‘ladi: “Qanday javob berish kerak?” Keyin u bu umuman ziyofat emasdi, balki ish yuzasidan vino va pishloq bilan o‘tkazilgan uchrashuv edi, lekin ijtimoiy masofasiz o‘tgan, deydi.

    Ertasi kuni, 8-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining barcha vazirlari jurnalistlar bilan intervyularini bekor qildi. Studiyadagi boshlovchilar voqealarni mehmonlarga arjatilgan bo‘sh stullar bilan sharhladi. Kechga yaqin Allegra Stretton ko‘zlarida yosh bilan iste’foga chiqdi va avvalroq tarqalgan videodagi nomaqbul hazillar uchun uzr so‘radi. Parlament sessiyasida Boris Jonson ham kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi — lekin u bazm uchun emas (u ziyofatni hanuz tan olmagan), balki ommaviy axborot vositalarida tarqalgan video uchun.

    9-dekabr kuni ma’lum bo‘lishicha, parlament tekshiruvi nafaqat 2020-yil 18-dekabrdagi Dauning-strit ziyofatiga, balki koronavirus qoidalarini buzgan yana ikkita bayram tadbiriga ham tegishli — biri shu binoda noyabrda, ikkinchisi Sog‘liqni saqlash vazirligida 2020-yil dekabrda o‘tkazilgan.

    10-dekabr kuni OAVda xabar qilinishicha, “vino va o‘yinlar bilan” o‘tkazilgan 18-dekabr kungi ziyofatda bosh vazirning matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Jek Doyl nafaqat ishtirok etgan, balki tabrik nutqi so‘zlagan va mukofotlar topshirilgan. The Times esa ziyofat kutilmaganda tashkillashtirilmagani, balki unga bir necha hafta oldindan tayyorgarlik ko‘rilgani haqida yozdi. Jonsonning o‘zi tadbirda bo‘lmagan, ammo uning o‘tgan yili kelishmovchiliklar tufayli iste’foga chiqqan sobiq maslahatchisi Dominik Kammingsning ishontirib aytishicha, bosh vazir ham Rojdestvo bayramini nishonlashda ishtirok etgan.

    Mojaro fonida Boris Jonsonning reytingi, YouGov sotsiologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, karyerasi boshidan beri eng past darajaga tushib ketdi (29 foiz), antireyting rekord darajadagi 59 ballni tashkil etdi. OAVda odamlarning achchiq e’tirozlari tarqalmoqda. Xususan, ular kasalxonalarda koviddan o‘lib ketgan yaqinlarini so‘nggi manzilga kuzata olmagan paytda, Boris Jonsonning qo‘l ostidagilar hamma uchun belgilangan taqiqlarni chetlab o‘tib, ziyofat qilganidan g‘azabda.

    “Millionlab britaniyaliklar o‘z rejalaridan voz kechib, Rojdestvoni yolg‘iz o‘tkazishga majbur bo‘lgan, bayramni nishonlay olmagan yoki kasalxonada vafot etayotgan yaqinlari bilan xayrlasha olmagan bir paytda, bosh vazir Dauning-stritdagi 10-uyda spirtli ichimliklar ichishga ruxsat berib, o‘z qoidalarini buzdi. Ular qoidalarni buzdi. Yolg‘on gapirdi. Endi esa sizning ustingizdan kulmoqda”, — deyiladi Britaniya liberal-partiyasining Twitter’dagi sahifasida.

    Korrupsiyada ayblanib iste’foga chiqqan Konservativ partiya a’zosi Ouen Pattersonning parlamentdagi o‘rniga da’vogarlik qilayotgan liberal-demokratlar Boris Jonsonni faol ayblamoqda. Partiyadagi safdoshlari ham bosh vazirga allaqachon ochiqchasiga qarshi chiqa boshlagan. OAV Jonson bosh vazirlikka kirishganidan beri unga nisbatan eng yirik ichki muxolifat boshlangani haqida xabar bermoqda. Faqat uning o‘rniga aniq bir nomzodning yo‘qligi Jonsonni partiyaning ishonchsizlik votumidan qutqarib turibdi, deb yozadi Bloomberg.

    Mavzuga doir:

    • Britaniya bosh vaziri yirik uchrashuvda nutqi uchun so‘z topolmay parkga tashrifi haqida gapirib berdi
    • The Times: Boris Jonson xavfsizlik bo‘yicha o‘zi bergan tavsiyalarni buzgan. U Saudiya shahzodasiga shaxsiy telefonidan xat yozgan

    12.12.2021, 22:17   Izoh (0)   13814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu haqda gapirish yoqimsiz”. Putin 90-yillarda haydovchilik qilganini aytdi

    12.12.2021, 21:48

    Yamandagi harbiy operatsiyalarda 190 nafar xusiy jangarilari halok bo‘ldi

    12.12.2021, 19:45

    Erdo‘g‘on ijtimoiy tarmoqlarni demokratiyaga tahdid deb atadi

    12.12.2021, 16:11

    Hindiston bosh vazirining Twitter akkaunti xakerlar tomonidan buzildi. Unda bitkoin qonuniylashtirilgani haqida tvit paydo bo‘ldi

    12.12.2021, 15:41

    Turkiya va Slovakiyada “omikron” shtammi bilan kasallanishning ilk holatlari qayd etildi

    12.12.2021, 13:39

    Berdimuhamedov Turkmaniston diplomatlariga mamlakatlarni betaraf do‘stlar guruhiga jalb qilish yuzasidan topshiriq berdi

    12.12.2021, 12:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.