Ko‘pchilik tetiklashish va kayfiyati ko‘tarilishi uchun qahva ichishni afzal biladi. Uning tarkibidagi kofein “baxt gormoni” seratoninning ko‘payishiga hissa qo‘shadi. Ammo uning ortiqchasi salomatlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Harper’s Bazaar nashri tarkibida kofein bo‘lgan boshqa mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.
Kofeinni me’yorda iste’mol qilish ishga bo‘lgan samaradorlikni oshiradi. Ammo haddan ortig‘i organizmga salbiy ta’sir qilib, yurak, jigar, buyraklar va teri bilan bog‘liq muammolar, surunkali charchoqni keltirib chiqaradi. Kofeinni nazorat qilish uchun choy va qahvadan tiyilishning o‘zi yetmaydi. Uni o‘z ichiga oladigan mahsulotlarni iste’mol qilish borasida ham ehtiyot bo‘lish kerak.
Kofeinsiz qahva
Qanchalik g‘alati tuyilmasin, aslida kofeinsiz qahvaning o‘zi bo‘lmaydi. Gap shundaki, qahva donachalaridan kofeinni olib tashlashning iloji yo‘q, buning uddasidan chiqilgan taqdirda, qahvadan asar qolmaydi. Albatta, bunday ichimlikda kofein oddiy qahvadagidan kamroq bo‘ladi. Ammo bu o‘zini aldashga arzimaydi. Har uch porsiya kofeinsiz qahva espresso hisoblanadi va shu sabab ham uning o‘rniga giyohli choy iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Kakao
Kakaoda kofein qahvadagidan kamroq bo‘ladi. Shunga qaramay, ushbu moddaning oz konsentratsiyasi ham kishini tetiklashtirishga hissa qo‘shadi. Foydali bo‘lgan kakaoni tez-tez ichmaslik, tez ichgan taqdirda ham, miqdorini qisqartirish tavsiya qilinadi. Bu shokoladga ham taalluqli, unda kakao qancha ko‘p bo‘lsa, kofein ham shuncha miqdorda bo‘ladi.
Shirin gazlangan ichimlik
Kofein nafaqat kola, balki boshqa shirin gazlangan ichimliklarda ham mujassam bo‘ladi. Consumer Reports tadqiqotiga ko‘ra, bir banka gazlangan shirin ichimlikda 23 mg kofein bo‘ladi. Ulardan ikkitasi bir finjon amerikano singari tetiklashtirishi mumkin.
Izoh (0)