Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda o‘zganing Damas’ini olib qochishga uringan 14 yoshli bolaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29-noyabr kuni tungi soat 03:30 larda Uchtepa tumani 13-mavze 8-uy oldida bo‘lgan noma’lum shaxs 40 yoshli R.O.ga tegishli bo‘lgan Damas’ni qarovsiz hamda kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganidan foydalanib, uning old eshigini temir lineyka yordamida ochgan.

So‘ng mashinani o‘t oldirib, ortga 5 metr haydagan vaqtida ushbu shovqin-surondan uyg‘onib qolgan avtomashina egasi ko‘chaga shoshilib chiqib, avtomashina o‘chib qolganidan foydalanib, qonunbuzarni ushlagan va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida Damas’ni olib qochishga uringan shaxs Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan 14 yoshli T.J. ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentning Chilonzor tumanida Nexia-3 ni olib qochgan 25 yoshli qiz ushlangani, Tracker’ni olib qochgan 13 yoshli bola uni to‘xtatgan YPX xodimlaridan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi