Daryo

Toshkentda Nexia-3 olib qochgan 25 yoshli qiz ushlandi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli qiz Nexia-3 olib qochdi

1 daqiqa o‘qish168 936 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli qiz Nexia-3 olib qochdi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-noyabr kuni soat 14:42 larda Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, fuqaro K.M.ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 rusumli 01 C 455 KB davlat raqam belgili avtomobil Chilonzor tumani 20-daha, 13 uy oldidan olib qochilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati miqyosida to‘sib ushlash rejasi e’lon qilinib, qidiruv ishlari amalga oshirildi.

Natijada shu kunning o‘zidayoq Toshkent viloyati, Parkent tumanida xizmat olib borayotgan YHXB qidiruv va surishtiruv inspektori serjant J.Ashrapov tomonidan ushbu avtomobilga to‘xtash ishorasi berilishiga qaramasdan, haydovchi harakatni davom ettirgan. Kerakli chora tadbirlar amalga oshirilib, avtomobil to‘xtatilgan.

Dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1996-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi T.B tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng fuqaro T.B. Toshkent shahar IIBB xodimlariga daliliy ashyolar bilan birgalikda topshirilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar