Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Namangan viloyati Pop tumanida Damas piyodani urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021-yil 19-noyabr kuni soat 23:30 larda, Pop–Navbahor yo‘lining 34-kilometrida, “Yangi Xo‘jaobod” MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan fuqaro Damas avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1967-yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2021-yil 20-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transportdan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
“Temur ham, Bobur ham Hindistonni aql bilan olgandi”. Twitter foydalanuvchilari shaxmat Olimpiadasidagi g‘alaba haqida
Dunyo
AQSH armiyasi yollanma askarlar tanqisligiga duch kelmoqda — Bloomberg
Madaniyat
Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlagan Shahzoda Matchonova, yangi mashinali bo‘lgan Aziza Xalilova, farzandli bo‘lgan Yulduz Nizomova