Bolgariyada Shimoliy Makedoniyadan kelgan sayyohlik avtobusi Struma trassasida yo‘l-transport hodisasiga uchradi va yonib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Voqea joyida 46 kishi, jumladan, 12 bola halok bo‘lgan. Shimoliy Makedoniyadan kelgan avtobusda jami 53 kishi bo‘lgan.
Bolgariya bosh vaziri Stefan Yanev fojia haqida Shimoliy Makedoniya bosh vaziri Zoran Zayevni xabardor qilgan. Zayev halokat yuzasidan chuqur qayg‘u bildirdi.
YTH sababi sifatida kuchli yomg‘ir yoki haydovchining rulda uxlab qolgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Iyul oyida Turkiyada noqonuniy muhojirlar o‘tirgan mikroavtobus halokatga uchragandi. Oqibatda 12 kishi halok bo‘lib, 20 kishi jabrlangan. Avgustda esa Perudagi And tog‘larida avtobus jarlikka qulab tushgandi. Oqibatda 15 kishi halok bo‘lgan, uch kishi yaralangan.
Avvalroq Moskvada avtobloger Said Gubdenskiy boshqaruvidagi BMW avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Volvo va Mercedes bilan to‘qnashib ketgandi. Gubdenskiy voqea joyida, uning hamrohi shifoxonada vafot etgan.
Izoh (0)