Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Toshkent shahridagi “Diydor” teatr-studiyasida “Kapalak tushi” nomli spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

O‘ngdan chapga: Mustafo bobo (aktyor Anvar Hamroqulov), uning o‘g‘li Nasriddin (aktyor Nurmuhammad Ibrohimjonov) va rafiqasi Lapak bibi (aktrisa Yulduz Rajabova)
Foto: Botir Abdurahmonov

Spektakl tojikistonlik yozuvchi Temur Zulfiqorovning “Xo‘ja Nasriddinning ilk muhabbati” pyesasi asosida taniqli rejissor, Tojikiston san’at arbobi Barzu Abdurazzoqov tomonidan sahnalashtirilgan.

“Kapalak tushi” Nasriddin ismli oddiy oila farzandining ilk muhabbati haqida bo‘lib, sahna asari tomoshabinni to‘g‘rilik, sof muhabbat, rostgo‘ylik haqida mulohaza qilishga undaydi.

O‘ngdan chapga: viloyat hokimi Talg‘atbek (aktyor Bobur Yo‘ldoshev), Nasriddin (aktyor Nurmuhammad Ibrohimjonov) va Qora buton (aktyor Zafar Qutlimurodov)
Foto: Botir Abdurahmonov

Spektaklda asosiy rollarni Bobur Yo‘ldoshev (viloyat hokimi Talg‘atbek), Yulduz Rajabova (soqov ona Lapak bibi), Nurmuhammad Ibrohimjonov (Nasriddin), Mahliyo Asqaraliyeva (Suhayl), Anvar Hamroqulov (Mustafo bobo), Jo‘rabek Arziyev (Rustam polvon) kabi aktyorlar ijro etgan.

Foto: Botir Abdurahmonov

Foto: Botir Abdurahmonov

Foto: Botir Abdurahmonov

Suhayl (aktrisa Mahliyo Asqaraliyeva)
Foto: Botir Abdurahmonov

Rustam polvon (aktyor Jo‘rabek Arziyev)
Foto: Botir Abdurahmonov

Foto: Botir Abdurahmonov

“Kapalak tushi” sahna asari 2021-yilning 5-, 6-, 7-dekabr kunlari soat 17:00 da “Diydor” teatr-studiyasida namoyish qilinadi.

Foto: Botir Abdurahmonov

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Muvaffaqqiyatga erishishidan avval o’zaro do‘st tutingan mashhurlar (foto)
Mahalliy
“Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi”. Zafar Hoshimov hokimlarning xalq deputatlari kengashlariga rahbar bo‘lishi masalasi haqida
Mahalliy
Chilonzorda yo‘l kengaytirish ishlarida 101 tup daraxt ildizi shikastlangan — Davlat ekologiya qo‘mitasi